Tramblyor (frans. trembleur) — karbyuratorli ichki yonuv dvigatelinit oʻt oldirish tizimidagi asbob; oʻt oldirishni uzgichtaqsimlagich. Yuqori kuchlanishli elektr tokini oʻt oldirish svechalari (shamlari)ga uzatish uchun moʻljallangan. T. past kuchlanishli tokni uzgich va yuqori kuchlanishli tokni taqsimlagichdan iborat. Bular dvigatelning taqsimlash validan harakatga keltiriladi. Uzgich muayyan vaqgda oʻt oldirish gʻaltagining birlamchi zanjirini uzadi, shunda ikkilamchi chulgʻamda yuqori kuchlanishli tok induksiyalanadi (qarang Induksiya). Yuqori kuchlanishli tok taqsimlagich orqali tegishli silindrlarning oʻt oldirish svechalariga uzatiladi. Taqsimlagichning rostlash qurilmalari dvigatelning ish rejimiga monand ravishda oʻt oldirishni ilgarilatish momentini avtomatik tarzda oʻzgartiradi (yana qarang Oʻt oldirish).