Tramplin
Tramplin (ital. trampolo — yogʻoch oyoq) — sakrashning ayrim turlari (mas., changʻida sakrash, suvga sakrash, gimnastikadagi sakrash)da sportchining sakrash masofasi va balandlikka koʻtarilishini oshirish uchun ishlatiladigan inshoot (qurilma); sakratgich. Changʻida sakrash T.i start maydonchasi, balandlikdan pastga qarab changʻida uchib tezlikni kuchaytirishga, uchish fazasini uzaytirishga xizmat qiladigan nishab qorli yoʻl xamda qoʻnish tepaligi, toʻxtash maydonchasidan iborat boʻladi. T.da qordan tashqari, sunʼiy sintetik qoplama ham ishlatiladi. Suvga sakrash T. i — 1 m dan 10 m gacha balandlikdan sakrash uchun ishlatiladigan uz. 4,8–5 m, kengligi 0,5 m, qalinligi 45–60 mm ga teng sakrash taxtasi. Taxta uchida sportchining silkinishi taʼsirida uning uchish fazasini oshiruvchi asbob (snaryad) boʻladi. Gimnastika T.i — egiluvchan (prujinalashadigan) taxta yordamida mashklarni bajarayotganda sakrash kuchiuchish fazasini oshirish asbobi. Suv changʻisida sakrash T.i — uzunligi 6,5 m ga yaqin (suv ustida) va kengligi 4 m ga yaqin silliq qiyalama taxta, yukrri chekkasining suv yuzasidan bal. 1,51,8 m.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |