Transgressiya
Transgressiya (lotincha: transgressio — oʻtish) — okean, dengiz va koʻllar suvining quruqlikka bosib kelishi. Transgressiyaning kelib chiqishiga yerning tektonik harakatlar natijasida bukilishi va okean (dengiz) suvi sathining koʻtarilishi sabab boʻladi. Transgressiya jarayonida abraziya roʻy beradi, suv ostidagi qad. qatlamlar yuvilib ketib, yangi qatlamlar paydo boʻladi. Transgressiya Yer geologik tarixining hamma davrlarida boʻlib oʻtgan. Eng yirik Transgressiya kembriyning quyi va oʻrta, yuqori devon — quyi karbon, yuqori boʻr, neogen — toʻrtlamchi davrlarda boʻlgan. Yer yuzasining sayyoraviy miqyosda egilishi tufayli birinchi marta Oʻrta Osiyoning ancha qismi, aynan Oʻzbekiston hududining 70—80% maydoni dengiz suvi ostida qolgan. Transgressiv jinslar foydali qazilma turlariga boy.
Yana qarang
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |