Transmilliy korporatsiya

(Transmilliy kompaniyadan yoʻnaltirildi)

Transmilliy korporatsiya (TMK) — xorijiy aktivlarga ega boʻlgan, operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, oʻzi roʻyxatga olingan chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya asosiy kapitalining shoʻʼba korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi. TMK ishlab chiqarish.ni uzluksiz oʻstirish hamda integratsiyalashuv siyosati, firma, kompaniyalarning bir maqsadni koʻzlab qoʻshilishi (qoʻshilish, sotib olish, moliyaishlab chiqarish. guruhlarni tashkil qilish) hisobiga paydo boʻladi. Ixtisoslashuviga koʻra, sanoat, xizmat koʻrsatish, savdo-sotiq, bank, sugʻurta va boshqa tarmoqdarda faoliyat olib boradi.

1118-yilda Orden Tamplier tomonidan asos solingan va birinchilardan boʻlib 1135-yilda transmilliy moliya muassasasi sifatida bank sohasidagi ishlar bilan shugʻullana boshlagan. Birinchi transmilliy kompaniyaga 1600-ylda Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi asosida Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasiga asos solingan. Ikkinchi jahon urushi (1939— 45) dan keyin ularning roli yana oshdi. 21-asr boshida jahon ishlab chiqarishining katta qismi TMK qoʻlida toʻplangan. Amerikaning Gʻarbiy Yevropa va Kanadada, bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlarda oʻz korxonalari tarmoqlariga ega boʻlgan TMKlari faoliyat koʻrsatadi. Mas., „Ford“ avtomobil konsernining 30 ta mamlakatda filiallari bor. Yirik ingliz kompaniyalari („British petroleum“, „IKI“ va boshqalar), Germaniya („Xerst“, „Simens“ va boshqalar), Gollandiyaning „Filips“ konsernlari TMKlardir. TMK faoliyati ham milliy (ichki), ham tashqi bozorga yoʻnaltiriladi. Odatda, TMK kuchli ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega boʻladi. Masalan, „Ford motor“ning AQSH Detroyt shahrida 100 mingdan koʻproq muhandistexnik xodimlar, olimlar, texnologlar, dizaynerlar ishlaydigan ilmiy-texnika markazi bor. TMK oʻz tarkibini va faoliyat yoʻnalishlarini muntazam yangilab turadi. Ularning asosiy maqsadi bozorlarning bir segmentini emas, balki jahon bozorlarida mustahkam ustuvorlikni egallashdan iborat.

20-asrning 90-yillaridan boshlab Oʻzbekiston sanoatining koʻp tarmoklarida jahondagi koʻpgina TMKlar ishtirokida sanoat korxonalari tashkil topdi. „OʻzDEU avto“ (qarang Asaka avtomobil zavodi), ZarafshonNyumont, „Kabul tekstaplz“, „Coca-Cola“, „Nestle“, „Keys Corporation“ va boshqa shular jumlasidandir.