Traun (nemischa: [ˈtʁaʊn] ( tinglang)) – Avstriyaning Yuqori Avstriya shtatidagi daryo. Uning manbai Shtiriyadagi Totes Gebirge togʻ tizmasida joylashgan. Salzkammergut hududi va Hallstätter See va Traunsee koʻllari orqali oqib oʻtadi. Traun – Dunayning oʻng irmogʻi boʻlib, u Lints shahri yaqinidan oqadi. Daryo boʻyida joylashgan boshqa shaharlarga – Bad Aussee, Bad Ischl, Gmunden, Wels va Traun kabilar kiradi. Traun – 155.9 km (96.9 mi) uzunlikka va havzasining maydoni 4,257 km2 (1,644 kv mi) ga teng. Uning oʻrtacha tezligi 150 m3/s (5,300 cu ft/s) ni tashkil qiladi.

Traun (daryo)
Tavsif
Uzunligi 153
Suv sarfi m³/s
Davlat Avstriya
Traun (daryo)

Manbalar

tahrir