Trenchin (slovak. Trencin, veng.: Trencsén) Slovakiyaning gʻarbiy qismidagi sanoat shahri. Chexiya chegarasidan 10 km uzoqlikda, Vah daryosi boʻyida, Rim legioni Laugaritsio oʻrnida joylashgan. Trenchin viloyatining markazi (4501 km², 18 shahar). Shahar aholisi taxminan 56 ming kishini tashkil qiladi.

Trenchin

Trenčín
Shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
48°54′0″N 18°2′0″E / 48.90000°N 18.03333°E / 48.90000; 18.03333
Mamlakat Slovakiya
Viloyat Trenchin viloyati
Ilk eslatilishi 1111
Maydon 82 km2 (32 kv mi)
Markazi balandligi 211 m
Aholisi
55 593 kishi (2 016-yil 31-dekabr)
Zichligi 692 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi 0 32
Pochta indeks(lar)i 911 XX
Avtomobil kodi TN
Trenchin xaritada

Tarixi

tahrir

Hududda aholi qadim zamonlardan beri yashab keladi. Shaharning oʻrtasida joylashgan qoya ustida 1069-yilda qurilgan tipik oʻrta asr qal’asi joylashgan. Trenchin 179-yilda ikkinchi Rim legionining german qabilalari ustidan qozongan gʻalabasi haqidagi lotin yozuvlari bilan mashhur. Laugaritsio nomi bilan atalgan bu yozuvlar Markaziy Yevropaning eng shimoliy mintaqalariga Rim askarlarining yetib borganligiga isbotdir.

Trenchin birinchi marta 1111-yilda tilga olingan, lekin shubhasiz bundan oldin ham mavjud boʻlgan. Qal’aning asosiy minorasi XI asrga tegishli. 1275-yilda Trenchin nufuzli vengriya feodali Pyotr Chak qoʻliga oʻtdi. 1302-yildan 1321-yilgacha qal’a uning oʻgʻli, Slovakiyani harbiy va siyosiy jihatdan boshqargan kuchli hukmdorMatus Chak uchun taxt boʻlib xizmat qildi (slovak. Matúš Čák, veng.: Máté Csák).

1412- yilda Trenchin erkin qirollik shahri huquqini oldi. 1790-yilda shahar va qal’a katta yongʻin natijasida yonib ketdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Trenchin oʻrta Povajyada muhim sanoat shaharchasi boʻlib qoldi.

Hozirgi holati

tahrir

Shahar harbiy sanoatning markazi boʻib, bu yerda samolyot taʼmirlash zavodi (2010-yilda Slovakiya aviatsiya instituti OAJ tarkibiga kirgan) va harbiy taʼmirlash zavodi mavjud[1].

Trenchin qal’asi

tahrir

Slovakiyadagi uchinchi yirik qal’a shaharning eng baland qismida joylashgan. U yuqori va pastki qismlarga boʻlingan hamda kuchli mustahkamlangan. Yuqori qismi oʻrta asr minorasini oʻrab turgan bir nechta saroy tipidagi binolardan iborat boʻlib, u hozirgacha shaharning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Qal’aning ostidagi tepaliklarda cherkov joylashgan boʻlib, unga yaqin atrofdagi koʻchalarga olib boradigan qadimiy yoʻllar orqali oʻtiladi. Eski shahardagi katta maydonda barokko uslubidagi cherkov, turli xil doʻkonlar va shahar minorasi mavjud.

Boshqa diqqatga sazovor joylar

tahrir
 
179-yilga tegishli Trenchindagi qoyadagi Rim yozuvi
  • Muqaddas Meri cherkovi
  • Muqaddas Frensis cherkovi
  • Muqaddas Maykl cherkovi
  • Piaristlar monastiri
  • Lyuteran cherkovi
  • Sinagoga
  • Hokimiyat binosi
  • Tinchlik maydoni ansambli
  • „Trencin“ futbol klubi. Klub uy stadioni — Na Sigoti.
  • „Dukla“ xokkey klubi. Klub arenasi — Qishki stadion.

Egizak shaharlar

tahrir

Eslatmalar

tahrir
  1. podpolkovnik A. Bezrukov. Voennaya promishlennost Slovakii // „Zarubejnoe voennoe obozrenie“, № 11, 2013. str.29-34

Havolalar

tahrir