Trinidad — Atlantika okeanidagi orol, Janubiy Amerikaning shim.sharqiy qirgoklari yaqinida. Trinidad va Tobago davlatining asosiy qismi. Maydoni 4,8 ming km². T. materikdan ajralib chiqqan. Relyefi shimolida togʻli (eng baland joyi 940 m), krlgan qismi tektonik. Sharqiy qismida botqokliklar, janubida balchiq vulkanlari bor. Iklimi subekvatorial, oʻrtacha oylik tralar 25—27°. Yillik yogʻin 1200–3800 mm. Daryolari qisqa, sersuv. Doim yashil oʻrmonlar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan tabiiy asfalt, neft va gaz konlari topilgan. Shakarqamish, tamaki, sholi ekiladi. Kofe, kakao, sitrus mevalar plantatsiyalari bor. Orolga yevropaliklardan birinchi boʻlib, 1498-yil X. Kolumb yetib borgan, shundan keyin T.ni mustamlakaga aylantirish jarayoni boshlangan.

Trinidad
Geografiya
Maydoni 4768 km2
Dengiz sathidan balandligi 940 m.
Eng baland nuqtasi El Cerro del Aripo
Ma'muriyat
Davlat Trinidad va Tobago
Mintaqa Trinidad va Tobago
Demografiya
Aholisi 1 267 145
Qo'shimcha ma'lumot