Trolleybus (inglizcha trolley — „gʻildirakli tok uzatuvchi“ va lotincha omnibus — "„har yerda“, "„hamma uchun“ soʻzlaridan) tashqi manbadan beriladigan elektr tokini isteʼmol qiluvchi elektr dvigateli yordamida harakatlanuvchi avtomobildir.

Polshada ishlab chiqariluvchi „Solaris“ markali trolleybus, Shvetsiya.

Trolleybus (inglizcha troley — kontakt simi va bus — avtobus) — kontakt tarmogi (koʻchalarga tortilgan sim)dan 2 „shoxi“ (dugasi) orqali tok bilan taʼminlanadigan relssiz shahar elektr transporti.

Tarixi

tahrir
 
Electromote in Berlin, 1882

Ma’lumotlarga koʻra, birinchi trolleybus 1882-yilda Germaniyada aka-uka Simenslar tomonidan yaratilgan[1]. Trolleybus yaratish va undan foydalanish ishlari 19-asr 80-yillarida Germaniyada olib borilgan. Trolleybusni ishlab chiqishda kontakt tarmogʻidan tok olish masalasi ancha qiyin boʻlgan. Trolleybus dastlab 20-asr 30-yillarida Yevropa mamlakatlarida qatnay boshlagan.

Manyovrchanligi, shovqinsizligi va relssiz harakatlanishi Trolleybusning tramvaydan afzalligi, kontakt osmasining murakkabligi kamchiligidir. Arzon elektr energiyadan foydalanishi, gaz chiqarmasligi, ishlatishning oddiyligi va ishonchliligi bilan avtobusdan ustun turadi. Trolleybus dvigatelining kuvvati 120 kVt, kontakt tarmogʻidagi kuchlanishi 500—600 V.

Xarakteristkasi

tahrir

Koʻpchilik Trolleybus 2 oʻqli, 2 yoki 3 eshikli qilib ishlab chiqariladi. Katta shaharlarda koʻp oʻkli Trolleybusdan foydalaniladi. Trolleybusning tezligi 65–70 km/soat, oʻrtacha 50—70 kishi sigadi. Asosiy elektr jihozlari: oʻzgarmas tok elektr dvigateli, ventilyator, kompressor va past kuchlanishli asboblar, yoritish hamda signal apparaturalarini taʼminlovchi generatorlarni aylantiradigan yordamchi elektr dvigatellar.

Mexanik qismlari:

tahrir

transmissiya, yurish qismi, boshqarish organlaridan iborat.

Transmissiya kardanli uzatma va differensial uzatmadan iborat. Yurish qismi (ressora osmasi, gʻildirak gupchaklari va boshqalar) koʻp oʻrinli avtobus va ogʻir yuk mashinalarinikiga oʻxshash. Oyoq tormozi — pnevmatik, qoʻl tormozi — mexanik. Rul boshqarmasi mexanizmlari avtomobillarnikiga oʻxshash. Trolleybusdan shaharlararo marshrut larda ham foydalanish mumkin. (2004).

Trolleybus Oʻzbekistonda

tahrir
 
Shkoda Trolleybusi Toshkentda

1947-yili 5-noyabrda Toshkentda ilk trolleybus qatnovi Temir yoʻl vokzali — Eski joʻva marshruti boʻyicha qatnovni boshlangan. Oʻzbekistonda trolleybus Olmaliq, Samarqand, Toshkent, Toʻraqoʻrgʻon, Fargʻona shaharlarida va Urganch — Xiva yoʻnalishida faoliyat yurgizgan. Toshkent shahrida 15 ta trolleybus marshruti faoliyat koʻrsatgan. Oʻz faoliyatini 1947-yilda boshlagan Toshkent trolleybusi 2010-yilning 1-may oxirgi marta yoʻnalishlarga chiqqan boʻlsa, Jizzax va Namanganda elektr transport qatnovi 2010-yilning yanvarida toʻxtatilgan.

2013-yilga kelib, Xorazm trolleybus faoliyatini davom ettirayotgan Oʻzbekistondagi yagona hududga aylandi. Trolleybuslar harakati vohada 1997-yilda boshlangan boʻlib, Urganch va Xiva shaharlari orasida trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

 
Urganchda qatnovda bo'lgan trolleybus

[2]

Shuningdek

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Oʻzbekistonda trolleybuslar: Kecha va bugun“. 5-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2013-yil.
  2. Xorazmda yangi trolleybuslar qatnovi 7-sentabrda boshlanadi, 20-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 30-avgust 2013-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()