Troyaliklar
Troyaliklar (astronomiyada) — Quyosh atrofida aylanuvchi asteroidlarning fizik bogʻlangan guruhi. T. Yupiterga nisbatan har vaqt Q60° ga oʻrtacha ekliptik uzunlik boʻylab harakatlanadi. Quyosh, Yupiter va T.lar fazoda deyarli teng tomonli uchburchak tashkil etadi. T.ni oʻrganish katta qiziqish uygʻotadi, chunki ularning harakati uch jism masalasita taxminan moye keladi. T.da oʻrta hisobda 15 ta asteroid kuzatilgan. T. orbitalari ekspentrisitetining oʻrtacha kiymati 0,096 ga, ekliptika tekisligiga kiyaligi 16,4° ga teng.
T.ning Quyosh atrofida aylanish davri, shuningdek, Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi Yupiterning aylanish davri va Quyoshdan oʻrtacha uzoqligiga deyarli teng. Bunday mayda sayyoralarni Troya urushining qahramonlari nomi bilan atashga kelishilgan. "T." atamasi shundan kelib chiqqan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |