Trygve Haavelmo
XAAVELMO (Haavelmo) Tryugve (1911 — Oslo — 1999) — norveg iqtisodchisi. Oslo universitetini tugatgan (1933). 1947—79 yillarda Oslo universiteti iqtisodiyot professor, Garvard universitetida yoqlangan dissertatsiyasida (1944-yilda eʼlon qilingan "Ekonometriyada ehtimollik yondashuvi" asari ekonometriya nazariyasini yangi gʻoyalar bilan boyitdi. "Iqtisodiy nazariya evolyutsiyasi boʻyicha tadqiqotlar" (1954) asarida iqtisodiy tahlil usulini qoʻllab global iqtisodiy tengsizlik muammolarini oʻrgandi. "Investitsiya nazariyasi boʻyicha tadqiqotlar" (1960) asari ham muhim ahamiyatga ega. Nobel mukofoti laureati (1989).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |