Ц (kirill)
(Tsdan yoʻnaltirildi)
Ц, ц — oʻzbek kirill alifbosining yigirma toʻrtinchi harfi. Til oldi, qorishiq (t+s), shovqinli, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Qoʻllanishi jihatidan nofaol fonemani ifodalovchi harf: faqat rus tili orqali kirib kelgan oz sonli ruscha va baynalmilal soʻzlar tarkibida uchraydi. Soʻzning boshida (sirk, siklon), oʻrtasida (aksiya, protsent, fransuz) va oxirida (abzats, kvars, shprits) kela oladi. Ushbu harf ifodalovchi tovush turkiy tillarda boʻlmaganligi va oʻzbek tiliga ham bu tovush toʻla oʻzlashib ketmaganligi sababli u turkiy xalklar uchun umumiy boʻlgan yozuvlardan faqat kirill alifbosidagina uchraydi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |