Tubuai
Tubuai, Ostral orollari — Tinch okeandagi orollar guruhi, 5 ta oroldan iborat. Fransiya Polineziyasi tarkibida. Maydoni 174 km². Orollarning koʻpchiligi vulkan orollari, eng baland joyi 435 m. Mariya — marjon oroli. Iqlimi tropik, passatli iklim. Kokos palmasi, banan plantatsiyalari bor. Yevropadan sabzavot keltirib ekiladi. Orolni 1777-yilda ingliz dengizchi sayyohi J. Kuk ilk bor yevropaliklarga maʼlum qilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |