Tugʻuruq
Tugʻuruq — homiladorlikni yakunlaydigan murakkab fiziologik jarayon. T.dan homila va yoʻldosh tugʻruq yoʻllaridan oʻtib, ajralib chiqadi. T. normal kechganida homila 10 akusher (9 kalendar) oyida tugʻiladi; bu davrda homila yetuk, bachadondan tashqarida yashash qobiliyatiga ega boʻladi.
Homilador ayollarning koʻpchiligida T.da 2 hafta oldin tugʻruq nishonasi koʻrinadi; bunda bachadon tubi keskin oldinga egiladi, qorin pastga tushadi va ayol yengil nafas ola boshlaydi; organizmdan ajralgan suyuklik hisobiga vazni bir qadar yengillashadi; bachadon muskullari vaqtvaqti bilan qisqarib taranglashadi.
Ayolning koʻzi yorishiga 1—2 kun qolganida qindan quyuq choʻziluvchan shilliq ajraladi, baʼzan shilliq bir oz qon aralash boʻladi (homiladorlik davomida bachadon boʻyni kanalini toʻldirib turgan shilliq tiqin ajralib chiqadi), qorin pastida, dum/azada, bel sohasida tarqoq ogʻriq kuzatiladi. T. nishonasidan ayol choʻchimasligi, aksincha T.ning yaqinlashib qolganligini his qilishi lozim. Ana shunday belgilar koʻringanida ayol uyda boʻlib turgani maʼqul, chunki tez orada toʻlgʻoq kuchayib, uni zudlik bilan tugʻruqxonaga eltish zarur boʻladi. Tug‘uruq kechishi 3 jarayonga bog‘liq: 1. tug‘uruq yo‘llari; 2. tugruk xaydovchi kuchlar; 3. homila va uning yo‘ldoshi. Tugʻuruq jarayoni uch davrga bo’linadi: 1. Bachadon bo’ynining ochilishi; 2. Homilaning haydalishi; 3. Yo’ldoshning tug’ilish davri. Baʼzi ayollarda T. nishonasi boshlanganida qogʻonoq suvi ketib qoladi; bunday belgilar paydo boʻlganda ayolni darhol tugʻruqxonaga yotqizish kerak, aks holda qogʻonoq suvi bilan birga homilaning kindik halqasi yoki koʻli qinga tushishi mumkin. Bundan tashqari, qogʻonoq suvi T.dan oldin ketib qolsa, qin orqali bachadonga infeksiya kirishi osonlashadi. Homilador ayol tugʻishiga yaqin dard tuta boshlaydi (qarang Dard tutishi).
Homila oʻtadigan tugʻruq yoʻli (tugʻruq kanali) — kichik chanoq suyaklari va yumshoq toʻqimadan (bachadon boʻyni, bachadon tubi muskullaridan) tashkil topgan boʻlib, shakli egilgan nayga oʻxshash.
Tugʻruq kanalining kirish qismi qattiq suyak halqadan iborat, eni 13 sm, boʻyi 11 sm. Bu oʻlchamlar homila boshining normal oʻtishiga moye boʻladi; oʻlchamlarning bundan kichik boʻlishi (tor chanoq) tugʻruqni mushkullashtiradi. Bunday vaqtda operatsiya qilib tugʻdiriladi.
T. birinchi marta tugʻayotgan ayollarda 15—24 soat, takror tugʻayotgan ayollarda 10—12 soat davom etishi mumkin. T.ning qancha davom etishi ayolning yoshiga (yoshi kattaroq ayollar birinchi marta tugʻayotganida tugʻruq uzoq davom etadi), homilaning kattakichikligiga, chanoq oʻlchamiga, bachadon muskullarining qisqarishiga bogʻliq.
T. uch davrni oʻz ichiga oladi. Birinchi davr uzoqroq (birinchi marta tugʻayotgan ayollarda 13—18 soat, takror tugʻayotganlarda 6—9 soat) davom etadi. Bu davrda bachadon boʻyni astasekin tekislanib, T. kanali kengayadi. Bachadon boʻynining tashqi teshigi toʻla ochilgach qogʻonoq (homila pufagi) yoriladi. Baʼzi hollarda homila pufagi yorilmay qolsa, bola "pardali" tugiladi, bu homila uchun juda xavfli, chunki u dimiqib nobud boʻlishi mumkin. Bachadon boʻynining toʻla ochilishi va qogʻonoq suvining ketishi bachadon muskullarining qisqarishiga va homilaning tugʻilishiga imkon beradi (ikkinchi davr). Bu davrda bachadon muskullarining ritmik qisqarishi yanada kuchliroq va uzoqroq davom etib, unga krrin devori muskullari hamda diafragmaning kiskarishi qoʻshiladi, yaʼni kuchaniq roʻy beradi. Ayol har kuchanganida homila tugʻruq kanali boʻylab surila boshlaydi, bunda homila maʼlum harakatlar qilib suriladi, bu esa uning osongina tugʻilishini taʼminlaydi. Homila boshi chanoqning katta oʻlchamiga moslashib siljiydi, bu davrda homila boshi bukiladi va engagi koʻkragiga tegadi, yuzi oʻng yoki chapga qaraydi.
Homila T. kanali boʻylab siljiganda ensa qismi bilan oldinga, yuzi bilan dum/aza tomonga oʻgirilib oladi. Homilaning boshi chanoq tubi, toʻgʻri ichak va tashqi chiqaruv yoʻlini bosadi, bunda ayolning hojati qistagandek tuyuladi. Keyinchalik ayol har kuchanganida homila boshi jinsiy oraliqda koʻrinadi, kuchaniq toʻxtashi bilan koʻrinmay qoladi; tez orada shunday payt keladiki, kuchaniq tutmay turganida xam qomila boshi koʻrinib turaveradi. Bu vaqtda tugʻruqni boshqaruvchi akusherka chaqaloqni tugʻdirishga kirishadi. Homilaning tugʻilish davrida ayol akusherkaning aytgani boʻyicha kuchaniqni tezlatishi yoki sekinlatishi mumkin, bunda bola chiqayotganida tugʻruq yoʻlidagi yumshoq toʻqimalar yirtilmay qoladi. Homilaning boshi chiqishi bilan tanasi koʻrinadi. Shu bilan T.ning ikkinchi, yaʼni homilaning tugʻilish davri tugaydi. Bu davr birinchi bor tugʻayotgan ayollarda 1,5—2 soat, takror tugʻayotgan ayollarda yarim soatdan bir soatgacha davom etadi.
Chaqaloq bilan yoʻldoshni birlashtiruvchi kindik kesib bogʻlanadi. Chaqaloq tugʻilishi bilanoq yigʻlaydi, nafas ola boshlaydi. Endi uchi nchi davr, yaʼni yoʻldosh tushish davri boshlanadi, bu oʻrtacha 30 min.dan 1 soatgacha davom etadi. Bunda yoʻldosh bachadon devoridan koʻchadi va tushadi; bir oz (250 ml cha) qon ketadi. Yoʻldosh tushish davrini vrach sinchiklab kuzatib turadi, chunki yoʻldosh butunligicha tushmay, biror boʻlagi qolib ketsa, qon ketishiga sabab boʻlishi mumkin. Yoʻldosh tushishi bilan T. tugab, chilla davri boshlanadi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |