Tukli arilar
Tukli arilar (Bombys) — asalarisimonlar oilasiga mansub hasharotlar urugʻi. Uzunligi 3,5 sm gacha, tanasi qalin va uzun tuklar bilan qoplangan. Tuklar sariq, qora yoki oqish belbogʻ hosil qiladi. 300 ga yaqin turi bor, Afrika va Antarktidadan tashqari barcha qitʼalarda, asosan, togʻli va togʻ oldi hududlarda uchraydi. Jamoa boʻlib yashaydi; uyasini quruq oʻsimliklar, yoʻsinlar va boshqa bilan aralashgan mumdan yerga kuradi. Oilasi bir yillik, bitta yirik urgʻochi va bir qancha mayda urgochi ishchilardan iborat. Erkagi yoz oxirida paydo boʻlib, urgʻochisini urugʻlantirgandan keyin halok boʻladi. Urugʻlangan yosh urgʻochisi qishlab qoladi; bahorda uya qurib, yangi oilaga asos soladi. Yosh urgʻochi qoʻygan tuxumlardan faqat ishchi Tukli arilar chiqadi. Voyaga yetgan ishchi tukli arilar in qurishni davom ettiradi; qurtlar uchun nektar va chang yigʻadi. Oiladagi tukli arilar soni bir necha oʻntadan minggacha, tropik xududlarda 2 500 gacha yetadi. Tukli arilar asosiy yemxashak ekinlari (qizil sebarga, beda va boshqa dukkaklilar)ning changlatuvchilari.
Tukli arilar | ||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||
|
Manbalar
tahrir- ↑ Williams, Paul H. (1998). "An annotated checklist of bumble bees with an analysis of patterns of description". Bulletin of the Natural History Museum, Entomology Series 67: 79–152. http://www.nhm.ac.uk/research-curation/projects/bombus/subgenericlist.html. Qaraldi: 30 May 2012.Tukli arilar]]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |