Tula (shahar)
Tula — Rossiya Federatsiyasi Tula viloyatidagi shahar, viloyat markazi, qahramon shahar, Upa daryosi (Oka irmogʻi) boʻyida. Moskvadan 193 km jan.da. Transport yoʻli tuguni. Aholisi 461 ming kishi (2024). Shahar 4 maʼmuriy tumanga boʻlingan.
Tarixi
tahrirTula 1146-yildan maʼlum boʻlib, Ryazan knyazligi tarkibida edi. 1503-yildan Moskva davlati tarkibida. 16—17-asrlarda Rus davlatining janub chekkasidagi muhim mustahkamlangan istehkom. 17-asrda mahalliy temir rudasi asosida Tula temirchilik sanoatining markazi boʻlib qoldi. 1712-yilda Pyotr I buyrugʻi bilan Tulada Rossiyada dastlabki qurol-aslaha zdi kurildi. 1777-yildan Tula namestnichestvosi markazi, 1796-yildan gubernya markazi, 19-asrda T.da qurolaslaha ishlab chiqarish rivojlangan. Tula 1929—37 yillarda Moskva viloyati tarkibida. 1941-yilning oktyabr,— dekabr oylarida Tula nemis fashistlaridan qahramonona mudofaa qilindi. 1976-yil 7 dekabrda Tulaga qahramon shahar faxriy unvoni berildi.
Umumiy ma'lumot
tahrirTula— Rossiya Federatsiyasining yirik sanoat markazi. Sanoatining asosiy tarmoklari: kora metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik (kombayn zdi, mashinasozlik, konchilik va transport mashinasozligi, qurol-aslahalari motoroller va samovarlar ishlab chikariladigan "Shtamp" zdi), kimyo (kimyo tolalari, plastmassa va boshqalar), yengil, oziq-ovqat sanoatlari, qurilish materiallari va musiqa asboblari ishlab chiqarish. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), 3 teatr, oʻlkashunoslik, badiiy, qurol-aslaha (1724-yildan) muzeylari, sirk, filarmoniya mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |