Tulpor
Tulpor — chopqir zotli ot. T.lik sifatlari otning kuchi, chopqirligi, xushbichimligi va boshqa belgilariga qarab aniqlanadi. Chopqir T.lar sinovi, odatda, xalqaro maydonlarda, koʻriktanlov, koʻrgazmalarda, ippodromlarda oʻtkaziladi va ularga sertifikat beriladi. Oʻzbek xalq ertaklarida qanotlari boʻlgan afsonaviy uchar otlar T. deb atalgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |