Tuman hokimi — [a. – hukm yurituvchi, hukmdor; boshqaruvchi, boshliq]. Oʻrta Osiyo xonliklarida belgili bir shahar va uning atrofidagi qishloqlar ustidan xon va beklar amrini oʻtkazish uchun belgilab qoʻyilgan amaldor. Sobiq Turkiston oʻlkasidagi ayrim shahar va muzofotlarda chor hukumatining siyosatini oʻtkazish uchun belgilab qoʻyilgan yuqori mansabli amaldor. Oʻzbekiston Respublikasida tumanlarning birinchi rahbarlik lavozimidagi shaxs; hokimlikning birinchi rahbari. Viloyatga boʻysinuvchi tuman hokimi viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tuman hokimlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan tayinlanadi va tasdiqlanadi. Tumanga boʻysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Manbalar

tahrir

[1] [2]

  1. „O‘zbekiston Respublikasining Qonuni“. Lex.uz.
  2. A. Madvaliyev. Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati. Toshkent: Sahhof — 304-bet. ISBN 978-9943-6666-3-4.  (Wayback Machine saytida 2024-06-02 sanasida arxivlangan)