Tundra boʻrisi
Bu maqola avtomat tarjima qilingan yoki mashina tarjimasi tayinli oʻzgartirishsiz chop etilgani eʼtirof etilmoqda. Tarjimani tekshirib chiqish hamda maqoladagi mazmuniy va uslubiy xatolarini tuzatish kerak. Siz maqolani tuzatishga koʻmaklashishingiz mumkin. (Shuningdek, tarjima boʻyicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.) DIQQAT! BU OGOHLANTIRISHNI OʻZBOSHIMCHALIK BILAN OLIB TASHLAMANG! Maqolaning originali koʻrsatilinmagan. |
Tundra boʻrisi (Canis lupus albus) – Boʻrilarning Canis lupus kenja tur populyatsiyaslaridan biri boʻlib Yevrosiyoning Finlandiyadan Kamchatka yarimoroligacha choʻzilgan tundra oʻrmonlari va tundra qismida yashaydi. U turaxon boʻrisi nomi bilan ham ataladi[1]. U birinchi marotaba Robert Kerr tomonidan tasvirlangan boʻlib, uni Yenisey daryosi atrofida yashoʻvchi va qimmatbaho moʻynaga ega deb atagan[2].
Tundra borisi | ||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||
| ||||||||||||
Canis lupus albus | ||||||||||||
Tundra borisining tarqalishi
|
Tashqi koʻrinishi
tahrirU katta kenja tur hisoblanadi. Erkaklari urgʻochilaridan katta boʻlib, tanasining uzunligi erkaklarida 118–137 sm, urgʻochilarida esa 112-136 smni tashkil etadi. Koʻpincha yevrosiyo boʻrisidan katta deb aytilsada, bu notoʻgʻri. Oʻrtacha vazni erkaklarida 40-49 kgni tashkil etsa, urgʻochilarida 36.6-41 kgni tashkil etadi. Tayrmyr va Kanin yarimorollarida 1951-1961-yillarda ovlanga 500 ta boʻridan eng ogʻiri 51 kgni tashkil etgan. Koʻp tundra boʻrilarining yungi kulrang boʻlib qora, jigarrang va kumushrangning qorishmasini eslatadi. Yungi uzun, qalin, yumshoq va och kulrang rangda boʻladi. Yungining oxiri kulrang-qoʻrgʻoshin rang, boshi esa qizgʻish kulrang boʻladi[3].Ularning koʻpchili yuqoori balandliklarda yashagani sababli nisbatan kech bolalaydi, martning oxirlaridan aprelgacha. Odatda urgʻochi tundra boʻrisi 2dan 6tagacha bola koʻradi. Tundra boʻrisining oʻrtacha hayoti 16 yilni tashkil etadi.
Yashash joylari
tahrirTundra boʻrisi koʻpincha daryo boʻylari, oʻrmonlar va changalzorlarda yashaydi. U xonaki bugʻular, yovvoyi quyonlar, arktika tulkilari va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. 1950-yillarda Nenets avtonom okrugida ovlangan 74ta boʻrining oshqozoni tekshirilganda ularning 93.1%i bugʻu qoldiqlari boʻlgan. Yoz oylarida qushlar va kemiruvchilarni koʻp ovlaydi xususan yangi tugʻilgan bugʻu bolalarini[4]. Katta yoshli tundra boʻrisi bitta oziqlanishda 9 kggacha yeyishi mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ Mech, L. David. The Wolf: The Ecology and Behaviour of an Endangered Species. University of Minnesota Press, 1981 — 352-bet. ISBN 0-8166-1026-6.
- ↑ Kerr, R.. https://archive.org/stream/animalkingdomorz00linn#page/n191/mode/2up. Edinburg: W. Creech, 1792 — 137-bet.
- ↑ Heptner, V. G. & Naumov, N., P.. https://archive.org/stream/mammalsofsov211998gept#page/182/mode/2up. AQSH: Science Publishers, Inc., 1998 — 210-bet. ISBN 1-886106-81-9.
- ↑ Heptner, V. G. & Naumov, N., P.. https://archive.org/stream/mammalsofsov211998gept#page/182/mode/2up. AQSH: Science Publishers, Inc., 1998 — 216-bet. ISBN 1-886106-81-9.