Tuproq eritmasi
Tuproq eritmasi - tuprokning suyuk tarkibiy kismi; unda mineral va organik moddalar erigan holda boʻladi. Tuproq eritmasining tuproq namlanganlik darajasiga karab kapilyar, gravitatsion va pardasimon shakllari mavjud. Tuproq eritmasi juda oʻzgaruvchan boʻlib, u oʻsimliklar oziqlanishida va tuprok moddalarning aylanishida, tuprok hosil boʻlish jarayonida, fizikkimyoviy, biokimyoviy reaksiyalarning borishida ishtirok etadi. Tuproq eritmasida oʻsimliklar uchun zarur oziq moddalar (ammoniyli tuzlar, nitratlar, shuningdek, fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy va boshqa elementlarning suvda eruvchi tuzlari), gazlar (O2, SO2, N, NH3) va organik moddalar mavjud. Tuproq eritmasida tuzlarning koʻp boʻlishi uning osmotik bosimini oshirib, oʻsimlikning tuprokdan nam va oziq moddalarni shimishini qiyinlashtiradi va fiziologik chanqoklikka sabab boʻladi. Tuproq eritmasining reaksiyasi uning eng muhim xususiyatidir. Agar tuproq muhiti juda nordon yoki ishqorli boʻlsa, ekinlarning oʻsishi va rivojlanishiga salbiy taʼsir etadi. (k. Tuproq nordonligi).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |