Tuproq xaritasi - muayyan hudud tuproq katlamining maʼlum masshtabda kichraytirilgan tasviri. Tuproq xaritasi bir necha xil boʻladi. Umumiy Tuproq xaritasida tuproq genetik guruxdarining geografik tarqalishi tasvirlanadi; tuproq melioratsiyasi xaritalarida koʻshimcha ravishda tuproqning meliorativ, yaʼni filtrlash va boshqa xususiyatlari ham koʻrsatiladi; tuproq eroziyasi xaritalarida tuproqning eroziyaga uchraganlik darajasi, eroziya xavfi bor maydonlar va hokazo tasvirlanadi; tuproq agrokimyosi xaritalari oʻsimlik ozuka moddalari hamda mikroelementlar miqdorini va oʻsimlikning rivojlanishi uchun boshqa zarur sharoitlarni aks ettiradi. Tuproq xaritasi tuproqdarning Yer yuzasida tarkalishini (tiplari va kelib chiqish belgilariga qarab ajratilgan boshqa taksonomik birliklarni), ularning oʻziga xosligi va, tuproq qosil boʻlish sharoitiga bogʻliq holdagi xususiyatlarini koʻrsatadi; shuningdek, asosiy agrar ishlab chiqarish. xususiyatlari (granulometrik tarkibi, shoʻrlanganligi, shoʻrtobligi, eroziyaga uchraganlik darajasi va boshqalar) haqida maʼlumot beradi. Vazifasiga muvofiq T.x. harxi.i masshtabli boʻlishi mumkin.