Turbogenerator - bugʻ yoki gaz turbinasi bilan xarakatga keltiriladigan elektr energiya generatori; yaqqol ko'rinmaydigan qutbli mashinalar, asoan, rotorning aylanish tezligi katta 1500, 3000 айл/мин bo'lganda qoʻllanadi. Bunday mashina rotorning konstruksiyasi bo'rtib chiqmagan qutb sifatida, yani uyg'otish cho'lg'ami joylashtiriladigan pazli silindrsimon shaklda yasaladi. Yaqqol ko'rinmaydigan qutbli generatorlarning birlamchi dvigateli sifatida bug' trubinasi qo'llanilgani uchun bunday generatorlar tubogeneratorlar deb ataladi. issiqlik elektr styasining turbinasi valiga bevosita biriyuiriladigan sinxron generator. T. gorizontal vaziyatda ishlaydigan elektr mashina. Uning uygʻotish chulgʻami rotoryaa, 3 fazali ish chulgʻami esa cmamopua joylashgan. Uygʻotish chulgʻami elektr mashinalar uygʻotkichi chulgʻamidan tok bilan taʼminlanadi. Stator korpus (tana) va chulgʻamlar joylashtiriladigan oʻyiklari bor oʻzakdan iborat. Oʻzak elektrotexnika poʻlati listlaridan yigʻilgan bir necha paketdan tayyorlanadi. Oʻzak payvandlab tayyorlangan poʻlat korpusga joylashtiriladi. T. havo yoki vodorod bilan sovitiladi. Yirik T.larda aralash sovitish tizimi qoʻllanadi. Masalan, stator va rotor chulgʻamlari suv bilan, stator oʻzagi esa vodorod bilan sovitiladi. Atom elektr styalarida ikki juft qutbli rotordan foydalaniladi (qarang Generator).

Turbogenerator sxemasi.