Abdurahim toshtarosh, (asli) Turdiyev Abdurahim (1870 — Nurota tumani Gʻozgʻon qishlogʻi — 1938) — mashhur toshtarosh, xalq ustasi, meʼmor. Toshdan ajoyib haykallar yasagan. Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa saroyidagi ikki sher haykali bu mohir toshtarosh sanʼatining nodir namunasidir. Kar-manadagi Sultonobod-Olchin bogʻini bezashda, soʻngra Sitorai Mohi Xosa saroyi qurilishida ishtirok etgan. Gʻozgʻondagi Shohimardon marmar masji-di (1913), Dehbaland qishlogʻidagi mas-jidni qurgan. Buxoro, Toshkentdagi kat-ta binokorlik ishlarida (jumladan hozirgi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi binosi) va boshqalarni bezashda faol qatnashgan. Marmardan uy-roʻzgʻor buyumlari, haykallar (baliq, timsoh va boshqalar) yaratgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil