Turenki
Turenki — Finlandiyaning Janakkala munitsipalitetida joylashgan aholi punkti boʻlib, unda taxminan 7500 nafar kishi istiqomat qiladi[1]. Turenki Turinge, Thuring yoki Turängi soʻzlaridan tarjima qilingan boʻlishi mumkin. U Tervakoski shaharchasi bilan bir qatorda Janakalaning eng yirik aholi punktlaridan biridir. Turenki Hämeenlinna shahridan taxminan 13 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Ushbu aholi punktida Finlandiyadagi eng qadimgi temir yoʻl stansiyasi joylashgan, u 1862-yilda Helsinki-Hämeenlinna yoʻnalishining bir qismi sifatida qurilgan. Shuningdek, Turenkida asosan sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan Valio Ltd. kompaniyasiga tegishli zavod joylashgan[2].
Taniqli shaxslari
tahrir- Marko Nousiainen — toʻliq vaqtli twitch strimeri
- Anssi Pesonen — xokkeychi
- Eino Kalpala — togʻ changʻisichi
- Ellen Jokikunnas — model va teleboshlovchi
- Esko Helle — siyosatchi
- Janne Virtanen — sportchi
- Jarid Nousiainen
- Jarkko Kortesoja
- Kustaa Paturi — shoir
- Laiska Leppone — rep musiqachisi
- Lyyli Aalto — parlament aʼzosi
- Tauno Martinen — bastakor
- Veikko Lahti — atlet
- Tomi Hiukkamäki — musiqachi
- Elektrus Erektus — rassom
Manbalar
tahrir- ↑ „Turenki“ (fi). Janakkala. Qaraldi: 2021-yil 13-yanvar.
- ↑ „Valio Oy, Turengin tehdas“ (fi). Janakkala. 2021-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-yanvar.