Turgʻunboy Anorboyevich Xontoʻrayev (1935.31.12, Andijon viloyat, Asaka shahar) — Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). 1954-yildan Hamza teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri) aktyori. "Qutlugʻ qon" (Oybek) spektaklidagi Mirshab obrazi bilan oʻz faoliyatini boshlagan. Kichik rollarni ham maromiga yetkazib ijro etish, qahramonining ichki va tashqi kechinmalarini atroflicha ochishga urinish, ular orqali ulkan badiiy-falsafiy umumlashmalar mujassam eta olish Xontoʻrayev ijodiga xosdir. Idris (M. Dib, "Jazoir — mening Vatanim"), Goʻrkov (U. Shekspir, "Hamlet"), Sayyor (O. Yoqubov, "Yurak yonmogʻi kerak"), Miller (F. Shiller, "Makr va muhabbat"), Shokirboy (B. Avazov, "Furqat"), Boqijon (R. Bobojon, "Togʻa jiyanlar"), Seydizo (M. Kaoru, "Oʻgʻirlangan umr"), Sayfiqori (F. Musajonov, "Oq kabutar"), Bobo Kayfiy (M. Shayxzoda, "Mirzo Ulugʻbek"), Maymandiy (Uygʻun, "Abu Rayhon Beruniy"), Musulmonqul (I. Sulton, Abdulla Qodiriyning "oʻtgan kunlari") va boshqa uning teatrda yaratgan eng yaxshi obrazlaridan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil