Turgʻunpoʻlat Daminov
Ushbu sahifani Turg‘unpo‘lat Daminov bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Turgʻunpoʻlat Obidovich Daminov (1941.25.04. Toshkent - 2022.07.02) — pediatr-infeksionist olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1980), tibbiyot fanlari doktori (1986), professor (1987), Toshkent tibbiot akademiyasini tugatgan (1964). Bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi assistenti, dotsenti (196982), mudiri (1982— 84), Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi pediatriya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1984— 90), 1-Toshkent tibbiot akademiyasi rektori (1990-yildan). D. bolalarda uchraydigan gepatitning davomli va surunkali xillari shakllanishini klinik-patogenetik nuqtai nazardan oʻrgandi. Bolalarda uchraydigan V virusli gepatitning davomli xilini samarali davolash usulini ishlab chikdi va amaliyotga tatbiq etdi. Koʻpincha chaqaloqlar oʻlimiga sabab boʻladigan nafas yoʻllari kasalliklari belgilarini aniqladi. 1997-yildan Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati. Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi (SDP) Siyosiy kengashining birinchi kotibi (1995-yildan). "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997-yildan). Polsha tibbiyot fanlari akademiyasi akademik (1999). "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).[1][2]
Turgʻunpoʻlat Daminov | |
---|---|
Tavalludi |
25-aprel 1941-yil |
Vafoti |
7-fevral 2022-yil (80 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
Manbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-fevral.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil