Turgor
Turgor (lot. turgere — boʻrtmoq, toʻlmoq) — hujayra qobigʻining taranglik holati. T. xujayra ichidagi suyuklik va tashqi eritmaning osmotik bosimi qamda hujayra qobigʻining elastikligi tufayli roʻy beradi. Odatda, hayvonlar hujayrasi qobigʻining tarangligi uncha yuqori boʻlmaganidan (baʼzi boʻshliqichlilar bundan mustasno) T. holati kuchsiz emas; ularning bir butunligini faqat izotonii eritmalar saqlaydi. Tirik oʻsimlik hujayralarida esa ichki hujayra shirasining osmotik bosimi tashqi eritma osmotik bosimidan har doim katta, lekin hujayra devori sellyulozadan iborat boʻlganligi uchun hujayra qobigʻi yorilib ketmaydi. T. tufayli oʻsimlik toʻqimalari tarang va mustahkam boʻladi. Avtoliz jarayoni, oʻsimlikning soʻlishi va qarishi T. pasayishi oqibatida roʻy beradi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |