Turhan Kaya (1951-yil 30-noyabr — 2020-yil 31-mart)[1] turkiyalik teatr, kino va televideniye aktyori edi.

Turhan Kaya
Tavalludi 1951-yil 30-noyabr
Istanbul, Turkiya
Vafoti 31-mart 2020-yil(2020-03-31)
(68 yoshda)
Kadıköy, Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi Yeditepe University
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1980-yillardan 2020-yilgacha
Mashhur ishlari Kurtlar Vadisi Pusu (Ordinaryüs nomi ostida)
Bolalari 1

Hayoti va faoliyati

tahrir

Kaya 1951-yil 30-noyabrda Istanbulda tugʻilgan. U Yeditepe universitetining aloqa fakultetini tamomlagan. Boʻlajak aktyor Angliya va Italiyada aktyorlik boʻyicha tahsil olgan. 1980-yillarning boshlarida teatrda aktyorlik faoliyatini boshlagach, faoliyatini televion filmlarda davom ettirgan Kaya Kurtlar Vadisi Pusu serialidagi Ordinaryüs obrazi bilan tanilgan[2]. U Kurşun Yarası, Çemberimde Gül Oya, Binbir Gece, Doktorlar, Bıçak Sırtı, Tatlı Bela Fadime, Melekler Korusun, va Bu Kalp Seni Unutur mu? spektakillarida, shuningdek, Ayhan Hanım, Üç Kuruş filmlarida rol oʻynagan. Kaya TRT 1 telekanalida efirga uzatilgan Halka serialida Cengiz Erkmen obrazi uning faoliyatidagi soʻnggi roli edi.

Shaxsiy hayoti va vafoti

tahrir

Fransiyalik sobiq rafiqasidan bir oʻgʻli boʻlgan Turxon Kaya 2020-yil 31-mart kuni 68 yoshida Istanbulda COVID-19 kasalligidan vafot etdi[3]. Uning jasadi 2020-yil 1-aprel kuni Beykozdagi Baklaji qabristoniga dafn qilindi[4].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir