Turk xattotlik san’ati muzeyi

Turk xattotlik sanʼati muzeyi (turk. Türk Vakıf Hat Sanatları Müzesi) – Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumanidagi Beyazit maydonida joylashgan muzey.


1506-1508 yillarda qurilgan bu bino ilgari Fotih Mehmedning oʻgʻli Sulton Boyazid II buyrugʻi bilan qurilgan Boyazid II majmuasining madrasasi boʻlib xizmat qilgan. Uning kolleksiyasi asosan islom xattotlik san’atini aks ettiruvchi 3121 ta asardan iborat[1].

Tarixi

tahrir

Muzey ilk bor 1968-yilda Yovuz Salim majmuasi madrasasida “Yozuv muzeyi” nomi bilan ochilgan. 1984-yilda hozirgi joyiga koʻchirilib, “Turk xattotlik sanʼati muzeyi” nomini olgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Nr. of Works Exhibited in Foundation Museums“. 2014-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „T.C. Başbakanlık Vakıflar Genel Müdürlüğü“. 2011-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2015-yil.

Yana qarang

tahrir