Turkiston silovsini[1] (lotincha: Lynx lynx isabellinus) — oddiy silovsinning kenja turi, kelib chiqishi Oʻrta Osiyodan. Gʻarbdan Markaziy Osiyoda, Janubiy Osiyodan Xitoy va Moʻgʻulistongacha keng tarqalgan mushuklar oilasining yirtqich vakili. 2013-yil holatiga koʻra, Xitoyda yetuk silovsinlar 27000 tani tashkil etgan. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Turkiston silovsini
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Mushuksimonlar
Urugʻ: Lynx
Turlari: Turkiston silovsini
Xalqaro ilmiy nomi
Lynx lynx isabellinus Blyth, 1847

Tarqalishi va yashash joyi

tahrir

Turkiston silovsini oddiy silovsinning eng keng tarqalgan kenja turlaridan biridir. Oʻrta Osiyoda Turkiston silovsisi asosan ochiq oʻrmonlar va dashtlarda yashaydi, shuningdek, Oʻrta Osiyoning choʻl mintaqalaridagi toshli adirlar va togʻlarda ham uchraydi. Janubiy Osiyoda u Himoloyning butun shimoliy yonbagʻrida, togʻlarning oʻrta va yuqori qismlari (alp oʻtloqlari zonasining bargli oʻrmon va archazorlar qoplagan quyi chegarasigacha), koʻpincha sochma-toshloq va qoyalarga yaqin joylarda qoʻnim topgan. Turkiston silovsini Kashmirning Ladax viloyati, Himachal-Pradesh va Himoloy mintaqasining boshqa Hindiston shtatlarida makon topgan. Xitoyning janubida u Tibet togʻ yonbagʻirlarida vaqti-vaqti bilan uchraydi.

Gʻarbiy Tyan-Shan (Ugom, Piskom, Chotqol, oʻtmishda – Qurama, Fargʻona tizmalari) va Pomir-Oloy (Turkiston, Hisor, Koʻhitang, oʻtmishda – Bobotogʻ tizmasi). Oʻzbekistondan tashqarida: Oʻrta Osiyo mamlakatlari, Qozogʻiston, Moʻgʻuliston, Xitoy gʻarbi, Afgʻoniston, Pokiston, Hindistonning shimolida ham keng tarqalgan.

Turgʻun. Hisor togʻ tizmasida 150 ga yaqin silovsin yashaydi, Koʻhitang tizmasida – 20–25 ta, Gʻarbiy Tyan-Shanda – 100 ga yaqin. Zamonaviy hisob-kitoblarga koʻra, oʻtmishda oddiy tur sanalgan boʻlsa-da, ayni damda Turkiston tizmasida mavjud emas. Jami taxminan 300 taga yaqin.

Hayot tarzi

tahrir

Asosan tunda, ba’zan kunduzi ham faol, boshqa paytlari chakalakzor butalar orasiga berkinib yotadi. Juftlashishi – yanvar-martda. May-iyunda urgʻochisi qalin chakalakzordagi makonlarda (3-6 tagacha) bolalaydi. Bolalari 2-3 yilda jinsiy voyaga yetadi. Koʻpayish davridan soʻng ozuqa yetishmasa koʻchadi. Asosan quyonlar bilan oziqlanadi. Bu yirtqich 17 yilgacha umr koʻradi.

Cheklovchi omillar

tahrir

Oʻrmonlarning kesilishi, ozuqa manbalarining kamayib ketishi, brakonyerlik oqibatida kamayib ketgan.

Koʻpaytirish

tahrir

Dunyoning koʻplab hayvonot bogʻlarida koʻpaytiriladi.

Himoya choralari

tahrir

Ovlash qat’iyan man etiladi. Hisor, Chotqol, Zomin, Surxon qoʻriqxonalarida, Ugom-Chotqol milliy tabiat bogʻi va Zomin xalq bogʻida muhofaza ostiga olingan. SITESning II Ilovasiga kiritilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Соколов В. Е. Редкие и исчезающие животные. Млекопитающие : Справ. пособие. — М. : Высшая школа, 1986. — С. 322. — 519 с., [24] л. ил. — 100 000 экз.
  2. ТУРКИСТОН СИЛОВСИНИ (Wayback Machine saytida 2022-08-23 sanasida arxivlangan) Redbook.uz