Turkiya buyuk millat majlisi
Turkiya Buyuk Millat Majlisi (turkcha: Türkiye Büyük Millet Meclisi) – Turkiyaning bir palatali qonun chiqaruvchi oliy organidir. TBMM Turkiya Konstitutsiyasi bilan qonun chiqaruvchi vakolatlarga ega boʻlgan yagona davlat tashkiloti sanaladi. Turkiyaning bu parlamenti 1920-yil 23-aprelda Anqara shahrida Milliy ozodlik kurashi davrida tashkil etilgan.
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/ad/Seal_of_the_Turkish_Parliament_%28T%C3%BCrkiye_B%C3%BCy%C3%BCk_Millet_Meclisi%29.svg/220px-Seal_of_the_Turkish_Parliament_%28T%C3%BCrkiye_B%C3%BCy%C3%BCk_Millet_Meclisi%29.svg.png)
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/2d/TBMM%2C_August_2022.jpg/220px-TBMM%2C_August_2022.jpg)