Turkmanobod xalqaro aeroporti
Turkmanobod xalqaro aeroporti (turkmancha: Türkmenabat halkara howa meňzili), (IATA: CRZ, ICAO: UTAV) – Turkmanistonning Turkmanobod shahrida joylashgan xalqaro aeroport. Shahar markazidan taxminan 13 km masofada joylashgan[3].
Turkmanobod xalqaro aeroporti Türkmenabat halkara howa menzili | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: CRZ – ICAO kodi: UTAV | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | fuqarolik | ||
Operator | Turkmenhowayollary Agency [1] | ||
Xizmat doirasi | Turkmanobod | ||
Joylashuvi | Turkmanobod, Lebap viloyati, Turkmaniston | ||
Havo yoʻli tuguni | Turkmaniston havo yoʻllari | ||
Dengiz sathidan balandligi | 649 ft / 198 m | ||
Koordinatalari | 38°55′51″N 063°33′50″E / 38.93083°N 63.56389°E | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
13/31 | 3,800 | 12,467 | Beton |
Maʻlumotlar (2016) | |||
Yoʻlovchilar soni | 1,300,000 | ||
Manba: Aeroponovtika axborot nashri Turkmaniston[2] |
Tarixi
tahrirAeroport 1926-yilda ochilgan va bir necha bor rekonstruksiya qilingan. Turkmaniston mustaqillik yillarida tubdan qayta rekonstruksiya qilingan. Rekonstruksiya mobaynida aeroport zamonaviy aeronavigatsiya tizimi hamda avtomatlashtirilgan yoqilgʻi quyish platformasi bilan jihozlangan. Shuningdek, uchish-qoʻnish yoʻlagi ham uzaytirilgan.
Yangi aeroport
tahrir2013-yil Turkmanobod janubida yangi aeroport majmuasi qurilishi boshlandi[4]. 2013-yil 14-fevral kuni ilk toshni qoʻyish marosimida Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich hamda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovlar ishtirok etgan[5].
Qurilish Turkmaniston Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi aʼzosi boʻlgan „Gündogdy“ xususiy qurilish firmasi tomonidan tugallandi. Yoʻlovchi terminali binosi 37 ming kvadrat metr maydonni egallaydi[6].
2018-yil 26-fevral kuni yangi aeroport ochilish marosimida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi[7]. Aeroport majmuasining oʻtkazish qobiliyati soatiga 500 yoʻlovchini tashkil etadi. Uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 3800 metr va eni 65 metr boʻlib, zamonaviy yorugʻlik-signal va meteorologik tizimlar bilan jihozlangan[8]. Aeroport har qanday turdagi samolyotlarni qabul qila oladi[9]. Aeroportning yuk terminali yiliga 200 ming tonna yukni tashishga moʻljallangan. Markazlashtirilgan yoqilgʻi quyish shoxobchasi bir vaqtning oʻzida bir nechta samolyotlarga xizmat koʻrsatish imkonini beradi.
Tomi sakkiz qirrali „Oʻgʻuzxon yulduzi“ shaklida boʻlgan aeroport yoʻlovchi terminali 12 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi va Guinness rekordlar kitobiga dunyodagi eng yirik yulduz shaklidagi bino sifatida kiritilgan[10][11][12].
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirYoʻlovchi tashish
tahrirAviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Turkmaniston havo yoʻllari | Ashxobod Seasonal: Turkmanboshi |
Yuk tashish
tahrirAviakompaniya | Manzillar |
---|---|
MNG Airlines[13] | Anqara, Istanbul, Hong Kong[14], Chengdu |
My Freighter | Toshkent[15] |
Geo-Sky[16] | Parij[17], Saragosa[18][19] Chenjou[20] |
Aeroport infratuzilmasi
tahrirAxborot lavhalari, xalqaro va shaharlararo aloqa punkti, bagaj punktlari, bufetlar, kafelar, savdo pavilyonlari yoʻlovchilar uchun xizmat qiladi. CIP-zali, bojsiz savdo doʻkonlari, internet kafe va boshqa xizmatlar mavjud[21].
Aeroportda tibbiyot punkti, ovqatlanish xonasi, 100 xonali mehmonxona, yopiq avtoturargoh mavjud.
Yer usti transporti
tahrirAeroport shahar tashqarisida, Turkmanobod markazidan 13 kilometr uzoqlikda, M37 Ashxobod-Turkmanobod avtomobil yoʻli va Ashxobod-Karki temir yoʻliga yaqin joyda joylashgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Общая информация“.
- ↑ AIP Turkmenistan (Wayback Machine saytida 2013-03-31 sanasida arxivlangan)
- ↑ Noviy mejdunarodniy aeroport otkrilsya v Turkmenii
- ↑ Prezident Turkmenistana oznakomilsya s proektami novix vajnix obʼektov
- ↑ Prezidenti Ukraini i Turkmenistana prinyali uchastie v seremonii zakladki aeroportovogo kompleksa v Turkmenabade (Archive.is saytida 2013-04-19 sanasida arxivlangan)
- ↑ Prezident Turkmenistana zapustil v stroy deystvuyuщix Mejdunarodniy aeroport v Turkmenabate
- ↑ Otkrilsya noviy Mejdunarodniy aeroport v sentre Lebapskogo velayata Turkmenistana
- ↑ Noviy mejdunarodniy aeroport otkrilsya v Turkmenii
- ↑ Turkmenabatskiy mejdunarodniy aeroport perevipolnyaet plan po passajiro- i gruzoperevozkam
- ↑ Aviakompaniya Nordwind Airlines planiruet vipolnyat reysi iz Moskvi v Turkmenabat
- ↑ KLEEMANN for the International Airport of Türkmenabat
- ↑ Aeroport-zvezda v Turkmenistane popal v Knigu rekordov Ginnessa
- ↑ „News“.
- ↑ [1]
- ↑ Boiarov, Eziz. „MY Freighter partners with Turkmenabat International Airport“ (en). Daryo.uz. Daryo (the Uzbek Press and Information Agency (UzAPI)) (2024-yil 3-fevral). Qaraldi: 2024-yil 16-iyun.
- ↑ „Грузинская авиакомпания Geosky Airlines открыла новый грузовой маршрут через Туркменабат“.
- ↑ „Live Flight Tracker - Real-Time Flight Tracker Map“.
- ↑ „Live Flight Tracker - Real-Time Flight Tracker Map“.
- ↑ „Грузинская авиакомпания «Geosky Airlines» успешно совершила свой первый грузовой рейс в Туркменабад“ (2023-yil 14-oktyabr).
- ↑ „Грузинская авиакомпания «Geosky Airlines» успешно совершила свой первый грузовой рейс в Туркменабад“ (2023-yil 14-oktyabr).
- ↑ „Президент Туркменистана запустил в строй действующих Международный аэропорт в Туркменабате | TDH“. tdh.gov.tm. 2018-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
tahrirVikiomborda Türkmenabat Airport mavzusiga oid fayllar bor
- Türkmenabat Airport Homepage (English and ruscha)