Turksib“ — 1929-yil rejissyor Viktor Turin tomonidan olingan, Turkiston-Sibir temir yoʻli qurilishi tasvirlangan sovet davri hujjatli filmi. Temir yoʻl shimoli-sharqda Toshkentdan Olmaotagacha va keyinroq Novosibirskgacha choʻzilgan[1].

Turksib
Rejissyor(lar) Viktor Aleksandrovitch Turin
Ssenariynavis(lar) Yakov Aron
Aleksandr Macheret
Viktor Shklovskiy
Viktor A. Turin
Studiya(lar) Vostokkino
Chiqarilgan sanasi 1930-yil 24-may
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Tillar ruscha
inglizcha

Mavzusi

tahrir

Besh qismdan iborat boʻlgan film Turksibning butun Sovet Ittifoqi uchun ahamiyatini tasvirlovchi va Turkiston paxtasining qanday olib ketilishini tushuntirib beruvchi matn bilan boshlanadi. Film Turkistonni Sibir bilan bogʻlovchi Turksib temir yoʻlining qurilishi va uning Yettisuv oʻlkasi rivojlanishidagi ahamiyati haqida hikoya qiladi. Shuningdek, film mobaynida rejissyor temir yoʻl quruvchilarning ishtiyoqini va qum ustiga yotqizilgan temir yoʻllarni koʻrgan choʻl aholisining hayratini ham koʻrsatib bergan.

Dastlabki kadr ketma-ketligida hududining katta qismi choʻldan iborat boʻlgan Turkiston uchun muhim ahamiyat kasb etgan daryo va irmoqlar haqida hikoya qilinadi. Togʻlardan erigan qor bilan oziqlanadigan va vodiyga oqib tushadigan daryolar tufayli hududda yashovchi aholi taqdiri oʻzgaradi. Ayni paytda, keyinchalik bu sahna bir nechta amerikalik va fransuz rejissyorlari uchun ilhom manbasiga aylangan.

Rejissyor oʻtib boʻlmaydigan yoʻllarda yuklarni tashishning qadim ajdodlardan qolgan usullarini koʻrsatib oʻtgan. Tuyalar va eshaklar Markaziy Osiyo qum boʻroni boʻylab yuk tashiydi. Sibirda chanalarni otlar tortib yuradi. Viktor Turin minglab kilometrlarga don yetkazib berish uchun boshqa transport vositalariga ehtiyoj borligini taʼkidlaydi. Uchinchi qismda „Sivilizatsiya avangardi“ oʻlaroq tasvirlangan tadqiqotchilar hududni oʻrganayotgani, mahalliy aholi ularni qanday kutib olgani, Olmaotada boʻlajak yoʻl marshruti ishlab chiqilayotgani tasvirlangan. Toʻrtinchi qismda choʻlning qum va qoyalari orqali bevosita temir yoʻl relslarini yotziqish jarayoni tasvirlangan. Shuningdek, bu qismda mahalliy koʻchmanchilar ulovlariga minib, poyezd bilan poyga qilganini koʻrish mumkin. Beshinchi qismda loyiha birinchi besh yillik rejaning soʻnggi yili sanalgan 1930-yilda oʻz yakuniga yetishi aytiladi.

Eʼtirof

tahrir

„Turksib“ filmi ingliz va kanadalik klassik hujjatli film rejissyori John Grierso tomonidan alohida eʼtirof etilgan boʻlib, Grierso filming ingliz tilidagi versiyasini tayyorlagan[2]. Grierso versiyasi 2011-yil Britaniya kino instituti tomonidan „The Soviet Influence: From Turksib to Night Mail“ (Sovet taʼsiri: Turksibdan tungi pochtaga) filmi doirasida „Bronnt Industries Kapital“ britan guruhi aʼzosi Guy Bartell tomonidan yozilgan yangi saundtrek bilan DVD va Blu-ray formatlarida chiqarilgan[3][4].

Manbalar

tahrir
  1. H.D. (December 1929). „Turksib“. Close Up. Pool Group. 488–492-bet.
  2. Jack C. Ellis, Betsy A. McLane.. A new history of documentary film. Continuum International Publishing Group, 2005 — 37–38-bet. ISBN 0-8264-1751-5. 
  3. „Buy The Soviet Influence: From Turksib to Night Mail (Dual Format Edition) – Soviet Influence: From Turksib to Night Mail“. shop.bfi.org.uk. 2015-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Soviet Influence, The: From Turksib to Nightmail · British Universities Film & Video Council“. bufvc.ac.uk.

Adabiyotlar

tahrir
  • Jean Mitry, Histoire du cinéma muet (1923-1930), tome 3, Paris, Éditions Universitaires, 1973, s. 317-321

Havolalar

tahrir