Tursunzoda (shahar)

Hozirgi kunda Tursunzoda shahrida 200 mingdan oshiq aholi istiqomat qiladi

Tursunzoda (tojikcha: Турсунзода) (1978-yilgacha Regar) — Tojikiston Respublikasidagi shahar (1952-yildan). Tursunzoda tumanining maʼmuriy markazi. Tojik shoiri Mirzo Tursunzoda nomiga qoʻyilgan. Respublikaning janubida, Hisor vodiysining gʻarbiy qismida. Dushanbe shahridan 57 km gʻarbda joylashgan. DushanbeTermiz temir yoʻldagi (Regar) stansiya. Aholisi 50 ming kishi (2013)[2].

Tursunzoda
tojikcha: Турсунзода
shahar
38°30′39″N 68°13′49″E / 38.51083°N 68.23028°E / 38.51083; 68.23028
Mamlakat Tojikiston
{{{mintaqa_turi}}} Respublikaga boʻysunuvchi tumanlar
{{{tuman_turi}}} Tursunzoda tumani
Hukumat
Ilk eslatilishi XIV
Avvalgi nomlari Regar 1978-yilgacha
Qachondan beri shahar 1954
Rasmiy til(lar)i Tojik tili|tojikcha
Aholisi
 (2013)
50 000[1]
Milliy tarkib tojiklar, oʻzbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +992 3130
Pochta indeks(lar)i 737450
Avtomobil kodi 07РТ
Tursunzoda xaritada
Tursunzoda shahrining maʼmuriy binosi

Sanoati

tahrir

Tursunzodada rangli metallurgiya (1980-yillarda alyuminiy zavodi qurilgan), chinni zavodi, oziq-ovqat, yengil sanoat (paxta tozalash zavodi), qurilish materiallari sanoatlari mavjud.

Ijtimoiy soha

tahrir

10 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, internat maktabi, sport, musiqa maktablari, kutubxona, madaniy muassasalar, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion, kasalxona va boshqa tibbiyot muassasalari mavjud. 1981-yilda Mirzo Tursunzodaga haykal oʻrnatilgan. Shahar chetida Xoʻja Naqshron maqbarasi (10—11-asrlar) meʼmoriy yodgorligi saqlangan.

Manbalar

tahrir
  1. Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
  2. Неофициальный сайт города Турсунзаде, 2014-03-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-25

Havolalar

tahrir




Tursunzoda Jamoatlari Ravod Seshanbe Paxtaobot Qoratog Jora Rahmon