Tutash idishlar
Tutash idishlar — pastki tomonlari oʻzaro birlashgan idishlar. Idishlarning qanday shakldaligidan qatʼi nazar ular bir xil suyuqlik bilan toʻldirilsa, ikkala idishda ham suyuqlik sathi birday boʻladi. Agar idishlar har xil suyuqliklar bilan toʻldirilsa, zichliklari turlicha boʻlganligi uchun ularning sathi har xil balandlikda joylashadi, chunki balandlik zichlikka teskari mutanosib (rDqr2/g2; bunda r va r2 — zichliklar, Gʻg va Gʻg2 — balandliklar). Agar Tutash idishlarning bir tirsagi berk boʻlsa, suyuqliklar satxlari orasidagi farq oʻsha berk tirsakdagi bosimga boglik boʻladi. Manometrlar, bugʻ qozonlarining suv oʻlchash asboblari, suyuqliklarning zichligini oʻlchash asboblari va boshqa asboblarda qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |