Tuvak bogʻdorchiligi
Tuvakli bogʻdorchilik yoki gultuvak bogʻdorchilik/dehqonchiligi, bu — xonaki oʻsimliklarni, shu jumladan, dalada yetishtirish mumkin boʻlgan oʻsimliklarni ham faqat tuvaklarda yetishtirish amaliyotidir[1]. Bogʻdorchilik tuvagi — tirik gullar yoki oʻsimliklarni parvarishlash uchun ishlatiladigan kichik, yopiq va odatda koʻchma obyekt. U biror idish, vanna, savat, bochka yoki osma savat shaklida boʻlishi mumkin.
Usullari
tahrirAnʼanaviy ravishda tuvaklar sopoldan yasalgan, lekin hozirda koʻproq plastik idishlar va shishali idishlardan foydalanish eng koʻp uchraydi. Kichik tuvaklar jamlanmasi gulzor deyiladi[2]. Baʼzi hollarda bunday yetishtirish bezak maqsadida qoʻllanadi. Bu usul tuproq yoki iqlim sharoitiga chidamliligi o‘rganilayotgan oʻsimlik uchun yoxud yerga ekin ekish noqulay boʻlgan joylarda ham foydalidir. Tuvakdan foydalanish, odatda, xonaki o‘simliklar uchun ham zarur. Cheklangan oʻsish joyi yoki asfaltlangan maydonda ham bu variant bogʻga jozibadorlik bag‘ishlashi mumkin[2]. Bundan tashqari, bu usul bogʻdorchilikka qiziqadigan kishilarga anʼanaviy bogʻ uchun yer mavjud bo‘lmagan ko‘p qavatli uylarning balkonlarida shahar bogʻdorchiligini yaratishda ham qulay va ommabop. [3].
Turlar
tahrirIdish uchun oʻsimliklarning koʻp turlari mos keladi, jumladan, dekorativ gullar, oʻtlar, kaktuslar, sabzavotlar, kichik daraxtlar va butalar[4]. Chili qalampiri, arugula kabi butalar va kichik hajmli dala oʻsimliklari, kattaroq sabzavotlarni, agar yetarli yorugʻlik va shamollatish imkoni boʻlsa, uy ichida yoxud ochiq terassalarda ekish mumkin.
Ekish
tahrirTuvak bogʻdorchiligi oddiy plastik idishlardan tortib choy stakanlariyu murakkab avtomatik sugʻoriladigan sugʻorish tizimlarigacha — barchasini o‘z ichiga oladi. Dizayndagi bu moslashuvchanlik tuvak bogʻdorchiligining soha vakillari orasida mashhur boʻlishiga yana bir sababdir. Ularni ayvonlarda, old zinapoyalarda va shahar tomlarida topish mumkin. Sub-sugʻoriladigan plantatorlar (SSP) tuvakli bogʻlarda ishlatilishi mumkin boʻlgan tuvak turi hisoblanadi[4][5].
Qayta ekish
tahrirQayta ekish, bu — avval idishga ekilgan oʻsimlikni kattaroq yoki kichikroq idishga joylashtirish harakati. Bunda oʻsimlikning ildiz tizimiga mos keladigan idish ishlatiladi. Sababi, oʻsimliklar odatda ildiz tizimining hajmiga qarab qayta tiklanadi. Koʻpgina oʻsimliklar bir necha yilda bir marta yangi idishga solinishi kerak, chunki ular tuvak yoki ildiz bilan „bogʻlangan“ boʻladi. Oʻsimliklarning ildizlari uning atrofini, shu jumladan u joylashgan idishning hajmini sezishi mumkin hamda idish hajmini kattalashtirish oʻsimlik hajmini mutanosib ravishda o‘zgarishga imkon beradi[6].
Galereya
tahrir-
Kechasi balkonda bog'dorchilik
-
Pomidorlar tuproq bilan to'ldirilgan o'n besh axlat qutisidagi kichkina uyning yonidagi fermada o'sadi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Mills, Linn. „Reap Benefits Of Container Gardening“. Las Vegas Review Journal (2012-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 1-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 „Welcome To The World Of Container Gardening“. University of Illinois. Qaraldi: 2013-yil 1-yanvar.
- ↑ Neville, Jayne. Flowerpot farming : creating your own urban kitchen garden. Preston: Good Life, 2008. ISBN 1904871313.
- ↑ 4,0 4,1 Thompson, Al. „Container Gardening Offers Many Benefits“. Santa Maria Times (2012-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 1-yanvar.Thompson, Al (18 December 2012). „Container Gardening Offers Many Benefits“. Santa Maria Times. Retrieved 1 January 2013.
- ↑ Note: SIP simply means watering from below, in large commercial applications it would not be strictly a container garden.
- ↑ Society for Experimental Biology. „Want bigger plants? Get to the root of the matter“. (e) Science News (2012-yil 1-iyul). Qaraldi: 2014-yil 18-iyul.