Tuxmak
Tuxumak (Sophora) — dukkakdoshlarga mansub doim yashil yoki barg toʻkadigan daraxtlar, butalar va kup yillik oʻtlar turkumi. Osiyo va Avstraliya tropiklari va subtropiklarida 60 ga yaqin turi oʻsadi. Oʻzbekistonda, asosan, vatani Xitoy va Yaponiya boʻlgan 1 turi — yapon T.gi (S. japonica) manzarali daraxt sifatida ekiladi. Bal. 25–30 m ga boradi. Novdalari tikanli, barglari spiral shaklida joylashgan, uz. 2— 5 sm. Gullari 2 jinsli, och sariq, xushboʻy, toʻpguli shingil, yarim soyabonlar yoki taramlarga joylashgan. Tez oʻsadi. 51—7 yildan boshlab gullab, meva beradi. T. iyun—iyulda gullab, sentabrda mevasi yetiladi. Mevasi dukkak. Yogʻochi qattiq, undan mebellar, turli buyumlar ishlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |