Tuyamoʻyin suv ombori
Tuyamoʻyin suv ombori - Amudaryoning quyi oqimidagi Tuyamoʻyin tor darasida qurilgan yirik gidrotexnika inshooti. Daryo suvini irrigatsiya va energetika maqsadlarida mavsumiy rostlash uchun xizmat qiladi. Gidrouzel qurilishi 1970-yildan boshlangan. 1978-yilda 1navbati va 1983-yilda toʻliq ishga tushirilgan. Umumiy hajmi 7800 mln. m³. Suv ombori 4 ta — 1 ta oʻzanli va chap sohildagi tabiiy chuqurliklarda barpo etilgan, suv uzatilib toʻldiriladigan 3 ta ombordan (Kaparas, Sultonsanjar, Qoʻshbuloq) iborat. Gidrouzel Amudaryoning chap va oʻng sohillariga suv chiqarishni taʼminlaydi. Tuyamoʻyin suv omborio. toʻgʻonlari suvni damlab, satxini kutarilishga olib keladi. Bunda yuqori va pastki byeflardagi eng katga farq 18–24 m ga yetib boradi. Sultonsanjar pastligini suv bilan tuddirish uchun Tuyamoʻyin gidrouzelidan gʻarb tomonga qarab 2,5 km uzunlikda sarfi 50 m³/sek boʻlgan kanal qurilgan. Tuyamoʻyin suv omborio. Tuyamoʻyin GʻESning barqaror ishlashini taʼminlaydi. Amudaryodan Tuyamoʻyin suv omborio.ga har yili oqib keladigan 200 mln.t loyqaoqiziqlarni chiqarib yuboradigan inshootlar barpo etilgan.
Oʻng qirgʻoqda kema qatnovini taʼminlovchi 18x80 m oʻlchamdagi shlyuz qurilgan, uning yuk oʻtkazish qobiliyati 535 mingt ni tashkil etadi. Tuyamoʻyin suv omborio.ning qurilishi bilan Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumani hamda Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida yangi yerlarni oʻzlashtirish, sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminotini yaxshilash imkoniyati yaratiddi. Gidrouzel zonasida daryoning oʻng qirgʻogʻida Paxtaarna, Qozoqyob, Beshtom, Nayman va Qizilqalʼa, chap qirgʻogʻida Toshsoqa, Qilichniyozboy, Qipchoq-Boʻzsuv, Xorazm viloyatida Pitnakarna, Urgancharna va boshqa kanallarga suv chiqargichlar barpo etilgan.
Ziyomiddin Artukmetov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |