UCHMAYDIGAN QUSHLAR

tahrir

Dunyoda eng yirik uchmaydigan qushlar: tuyaqushlar va ularga oʻxshash emu, nandu va kazuarlar hisoblanadi. Bu qushlarni koʻkraktojsizlar deb ham atashadi. Chunki ularning toʻsh suyagida toʻsh toji yoʻq. Uchadigan qushlarning toʻsh tojiga qanotlarni harakatga keltiruvchi mushaklar birikadi shuning uchun ham ular ucha oladi. Uchmaydigan qushlar guruhi bir necha turkumni oʻz ichiga oladi:

Afrika tuyaqushi

tahrir
 
Afrika tuyaqushi

Afrika savannasida yashovchi Afrika tuyaqushi tuyaqushsimonlar turkumiga mansub. Odatda tuyaqushlar 20-30tadan iborat gala boʻlib yashaydi. Tuyaqushlarning qanotlari kalta, oyoqlari esa uzun va nihoyatda baquvvat, lekin oyogʻida ikkitagina barmogʻi boʻladi. Ushbu ulkan qushning boʻyi 2.5m, vazni esa 80-90kg ga yetadi. Tuyaqushlar asoson oʻt, barglar va mevalar bn oziqlanadi, lekin hasharotlar, reptiliyalar, mayda jonivorlar va qushlar bilan ham oziqlanishi mumkin. Tuyaqushlarning patlari oʻziga xos tuzilishiga ega boʻlgani uchun ularning patlari „parli“ boʻlib, parvoz qilishga yaramaydi. Biroq bu chiroyli patlarni deb tuyaqushlar qirilib ketishiga oz qolgan. Chunki qadimda bu qushlarni aynan patlari uchun ov[1] qilib kelishgan. Uning patlari ayollar liboslarini va yelpigʻichlarni bezashda foydalanilgan. Bu esa tuyaqushlarning kamayib ketishiga sabab boʻlgan. Agar tuyaqush patlari modadan qolmaganda Afrika tuyaqushlarining holi nima kechar edi, noʻmalum. Hozirgi kunda Afrikada va baʼzi mamlakatlarda tuyaqushlarni yarim uy sharoitida boqish uchun fermalari tashkil qilingan.

Janubiy Amerikada nandular yashaydi. Ular tashqi koʻrinishidan tuyaqushlarga oʻxshaydi, lekin mustaqil turkumni tashkil etadi. Ular tuyaqushlardan kichikroq(boʻyi taxmiman 1.5m, vazni esa 50kg), lekin ular ham ucha olmaydi lekin tez yuguradi. Tabiatda nandu ikki xil koʻrinishda uchraydi: oddiy va shimoliy nandu. XX-asrning boshlarida bu hayvonlarning son-sanogʻi koʻp edi, ammo koʻp oʻtmay, ommaviy qirgʻin tufayli halokatga uchrashdi. Buning sababi asosan ularning mazali goʻshti va tuxumi hisoblanadi.

Tojdor kazuar

tahrir

Avstraliya, Yangi Gvineya va yaqin orollarda kazuarsimonlar turkumi vakillari yashaydi. Ular u yerda harakatlanishga yaxshi moslashgan. Ularning boshida yorqin terili toji bor. Ushbu katta qushning boʻyi 1.5m, vazni esa 80kg atrofida. Kazuarlar juft boʻlib yashaydi.

Manbalar

tahrir
  1. „Tuyaqushlar qadimda ov qilingan“ (inglizcha). Qaraldi: 13-sentabr 2023-yil.

Havolalar

tahrir

[1] [2]

  1. Hayvonot olamining katta ensiklopediyasi(2013) (o'zbekcha) — 146-147-bet. 
  2. „Tuyaqushlar haqida umuniy malumotlar“ (uzbekcha). Qaraldi: 23-sentabr 2023.