Tuyoqlilar
Tuyoqlilar (Ungulata) — sut emizuvchi hayvonlarning katta turkumi. Toy; tuyoqlilar, juft tuyoqlilar, fillar, sirenlar va damanlar turkumlarini oʻz ichiga oladi. Oyoq barmoklari tuyoq bilan qoplangan. Odatda, 2 va 4 barmoqlari (toq tuyoqlilarda 3barmoq) yaxshi rivojlangan. Asosan, oʻsimlikxoʻr. Antraktida va Avstraliyadan boshqa barcha qitʼalarda tarqalgan. Koʻpchilik T. ovlanadi. Yovvoyi T. uy hayvonlari — ot, sigir, qoʻy, echki, choʻchqa, tuya, eshak, bugʻu va boshqalarning ajdodi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |