Tuzlar (mineral)
Tuzlar, tabiiy tuzlar — choʻkindi tuz konlarini hosil qiluvchi, suvda tez erish hususiyatiga ega boʻlgan, shoʻr va achchiqshoʻr taʼmli minerallar guruhi. Kimyoviy tarkibi — xloritlar va natriy, kaliy, magniyning sulfatlari. Tout tuzi (galit), silvin, karnallit, kainit, poligalit, longbeynit, mirabilit, tenarditlar muhim tuzlar sirasiga kiradi. Hosil boʻlish vaqti va sharoitiga qarab T. konlari 3 tipga boʻlinadi. Yer yuzasidan ozmikoʻpmi chuqurlikda joylashgan qattiqT.ning yirik qatlamlari yoki shtok va gumbazeimon yotqiziqlari boʻlib, ilgarigi geologik davrlar mobaynida hosil boʻlgan choʻkindi qazilma konlari. Dunyo boʻyicha T. kazilmalarining 30% shu tipdagi konlarga toʻgʻri keladi. Chuqurlikdagi tabiiy T.ning yer osti suvlari taʼsirida erib chiqib ketishi natijasida hosil boʻladigan tuzli manbalar vanamakoblar. Bu konlardan choʻktirish yoʻli bilan tosh tuzining 50% dan ortigʻi qazib olinadi. Zamonaviy tuz konlari (shoʻr koʻl, qoʻltiq va lagunalar) Yer yuzida keng tarqalgan boʻlib, bu tipga xoz. zamon dengiz va okeanlari ham kiradi. T. ning 20% shu tipdagi konlardan qazib olinadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |