Tver
Tver (1931—90 yillarda Kalinin) — Rossiya Federatsiyasi Tver viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Tverda daryosining Volgaga kuyilish joyidagi dare porti. Transport yoʻli stansiyasi. Moskvadan 167 km shimoli-gʻarbda. Aholisi 457,0 ming kishi (1998).
Tver toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar solnomalarda 1164-yilda keltirilgan. 1247-yildan Tver knyazligining markazi. Rusning iktisodiy siyosiy va madaniy markazlaridan biri. 14-asrning 1yarmida moʻgʻullarga qarshi harakatning yetakchisi boʻlgan. 1327-yilda shaharda moʻgʻullarga qarshi katta qoʻzgʻolon koʻtarilgan. 1466-yilda tverlik sayyoh Afanasiy Nikitin Hindistonga sayohat qilgan. 1485-yildan T. Moskva davlati tarkibida. 1775-yildan Tver namestnichestvosi, 1796-yildan gubernyasi markazi. 1941 oktabr-dekabr oylarida nemis fashistlari shaharga jiddiy shikayet yetkazgan.
Tverda mashinasozlik (vagonlar, ekskavatorlar, elektr apparaturasi va boshqalar), yengil (ipgazlama, kamvol kombinatlari va boshqalar), kimyo (kimyo tolasi, sunʼiy charm mahsulotlari va boshqa ishlab chiqarish.), poligrafiya, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), Z teatr, filarmoniya, muzeylar (tarixiymeʼmoriy va adabiy, Tver turmushi, Saltikov — Shchedrin va boshqalar), kartinalar galereyasi mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan "Belaya Troitsa" cherkovi (1564), Uspeniye sobori (1722), klassitsizm stilidagi turarjoy va jamoat binolarining ansambllari (18—19-asrlar) saqlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |