Tabariya koʻli
(Tveriada koʻlidan yoʻnaltirildi)
Tabariya koʻli, Tveriada koʻli, Gʻanisaret koʻli, Galiley koʻli – Falastin tarixiy viloyatidagi koʻl, Isroil davlati hududida (koʻlning sharqiy sohilidan Isroilning Suriya bilan chegarasi utgan). Alhor tektonik botigʻining shim. qismida, dengiz sathidan 212 m pastda joylashgan. Maydoni 145 km². Eng chuqur joyi 48 m. Gʻarbiy va sharqiy qirgʻoklari tik yon bagʻirli, shimoliy va janubiy Tabariya koʻli orqali Iordan daryosi oqib oʻtadi. Koʻldan baliqovlanadi, Kemalar qatnaydi. Gʻarbiy sohilida Isroilning Tiveriya shimolida joylashgan. Bibliyaning Yangi axd qismida Tabariya koʻli Isoning afsonaviy faoliyati bilan bogʻliq. Shu sababli kul atroflari dindorlarning ziyoratgoh joyi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |