Tyuyamunit
Tyuyamunit, tuyamuyinit (Fargʻona vodiysi Tuyamuyin koni nomidan) — uranli slyudalar guruhiga mansub mineral. Uran manbai. Kimyoviy tarkibi Ca[(UO2)2V2Og]58,5H2O. Romb singoniyada kristallanadi. Mayda tangachalardan iborat tuproqsimon massa holida boʻladi. Togʻ jinslari boʻshlikdarida qobiq va gardlar shaklida ham uchraydi. Sariq, baʼzan yashil, qigʻish rangda tovlanadi. Moʻrt. Qattikligi 2, zichligi 4,3 g/sm3. Kuchli radioaktiv. Uran minerallari mavjud boʻlgan konlarning oksidlanish zonasida hosil boʻladi. Karnotit, vanadat, barit, gips va boshqalar bilan assotsiatsiyada uchraydi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |