UEFA Chempionlar ligasi 2015/2016
UEFA Chempionlar ligasi 2015/2016 UEFA tomonidan oʻtkazilib kelinayotgan, Yevropaning eng kuchli klublari oʻrtasidagi futbol musobaqasining 61-mavsumi hisoblanadi va musobaqa nomi Yevropa chempion klublari kubogi nomidan UEFA Chempionlar ligasi nomiga oʻzgartirilgandan keyin, ushbu nom ostida oʻtkazilayotgan 24-musobaqa hisoblanadi.
UEFA Chempionlar ligasi logotipi | |
Umumiy maʼlumotlar | |
---|---|
Sana |
30-iyun – 26-avgust 2015 (oʻtish bosqichi) 15-sentabr 2015 – 28-may 2016 (asosiy musobaqa) |
Jamoalar |
32 (guruh bosqichi) 78 (umumiy) (53 ta assotsiatsiyadan) |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 124 |
Gollar soni | 345 (har oʻyinda oʻrtacha 2.78 ta) |
Muxlislar soni | 5 042 485 (har oʻyinda oʻrtacha 40 665 ta) |
Toʻpurar(lar) | POR Cristiano Ronaldo (16 gol) |
← 2014–15 2016–17 → |
UEFA Chempionlar ligasi 2015/2016 finali Italiyaning Milan shahridagi San Siro stadionida boʻlib oʻtadi.[1]
Oʻtgan yilgi chempionatda Barcelona futbol klubi gʻolib boʻlgan edi.
Formatdagi oʻzgarishlar
tahrir2013-yilning may oyida UEFA Ijroiya Qoʻmitasi ushbu musobaqa mavsumi uchun quyidagi oʻzgartirishni kiritgan edi (ushbu qonun uch mavsum yani 2017/2018-yilgi chempionlar ligasigacha kuchda qoladi).[2]
- UEFA Yevropa ligasining oʻtgan mavsumdagi chempioni UEFA Chempionlar ligasining bu yilgi musbaqasiga kiradi. Ular kamida pley-off roundidan musobaqaga kirishadi.[3]
- Birinchi marta bitta assotsiatsiyadan 5ta klub qatnashadi, avvallari har bir assotsiatsiyadan maksimal 4ta klub qatnashar edi.
Ishtirokchi klublarning taqsimlanishi
tahrirUEFAga aʼzo boʻlgan 54ta assotsiatsiyaning 53tasidan jami 78ta klub UEFA Chempionlar ligasi 2015/2016 musobaqasida ishtirok etadi (Lixtenshteyn ichki chempionati yoʻqligi sababli ushbu chempionatga kiritilmadi). UEFA davlatlari koeffitsiyentalariga asoslangan assotsiatsiyalar reytingiga qarab, har bir assotsiatsiyadan qancha klub ishtirok etishi bilgilanadi:[4]
- Assotsiatsiya 1-3 har biridan 4tadan klub ishtirok etadi.
- Assotsiatsiya 4-6 har biridan 3tadan klub ishtirok etadi.
- Assotsiatsiya 7-15 har biridan 2tadan klub ishtirok etadi.
- Assotsiatsiya 16-54 (Lixtenshteyndan tashqari) har biridan 1tadan klub ishtirok etadi.
- UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015 va UEFA Yevropa ligasi 2014/2015 gʻoliblari, agar ichki chempionatlari orqali ushbu chempionatga chiqolmasa, ularga qoʻshimcha ishtirok etish imkoniyati beriladi. Chunki bitta assotsiatsiyadan maksimum beshta klub Chempionlar ligasiga kira oladi, agar oʻtgan yilgi Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi gʻoliblari 3ta eng yuqori reytinga ega boʼlgan assotsiatsiyadan boʻlib, oʻzlarining ichki chempionatlarida eng yuqori 4ta oʻrinlarni ololmay qolsa unda, 4-oʻrinni olgan jamoa oʻrniga Chempionlar ligasiga kiradi, 4-oʻrinni olgan jamoa esa Yevropa ligasiga kiritiladi.[5] Shuning uchun:
- UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015 gʻolibi Barcelona ichki chempionati orqali Chempionlar ligasiga chiqdi va qoʻshimcha imkoniyat ishlatilmadi.
- UEFA Yevropa ligasi 2014/2015 gʻolibi Sevilla ichki chempionati orqali Chempionlar ligasiga chiqolmadi va qoʻshimcha imkoniyat qoʻllandi.
Assotsiatsiya reytingi
tahrir2009-2010 yildan 2013-2014 yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida Yevropa chempionatlarida koʻrsatgan natijalari boʻyicha hisoblangan UEFA koeffitsiyentlar jadvali yordamida, assotsiatsiyalar UEFA Chempionlar ligasi 2015/2016 uchun oʻrinlarga ajratildi.[6][7]
Bitta assotsiatsiyadan qoʻshimcha jamoa Chempionlar ligasida qatnashishi mumkin, quyidagi ilovaga qarang:
- (YL) – Oʻtgan yilgi Yevropa ligasi gʻolibi uchun qoʻshimcha joy.
|
|
|
Taqsimlash
tahrirChempionlar ligasi chempioni guruh bosqichidan musobaqaga kirdi.[8][9] Barcelona 2014/2015-yilgi Ispaniya La ligasi gʻolibi sifatida, chempionlar ligasiga yoʻllanma oldi, uning chempionlar ligasiga kirish uchun ajratilgan qoʻshimcha imkoniyati oʻtgan yilgi Yevropa ligasi gʻolibi Sevilla klubiga berildi.[10][11]
Shu roundga kirgan jamoalar | Oldingi roundda yutgan jamoalar | ||
---|---|---|---|
1-oʻtish roundi (8ta jamoa) |
|
||
2-oʻtish roundi (34ta jamoa) |
|
| |
3-oʻtish bosqichi | Chempionlar (20ta jamoa) |
|
|
Chempion boʻlmaganlar (10ta jamoa) |
|
||
Pley-off roundi | Chempionlar (10ta jamoa) |
| |
Chempion boʻlmaganlar (10ta jamoa) |
|
| |
Guruh bosqichi (32ta jamoa) |
|
| |
Pley-off bosqichi (16ta jamoa) |
|
Jamoalar
tahrirQavs ichida ligada oʻtgan mavsumdagi tutgan mavqei koʻrsatilgan, faqat Yevropa ligasi unvon egasi sifatida saralangan Sevilladan tashqari (UE: Chempionlar ligasi unvon egasi, YL: Yevropa ligasi unvon egasi).[12][13]
Round va qurʼa sanalari
tahrirMusobaqa jadvali quyidagicha koʻrinishida (barcha qurʼalar UEFA shtab-kvartirasi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida boʻlib oʻtdi).[14][8][15]
Bosqich | Round | Qurʼa sanasi | 1-uchrashuv | 2-uchrashuv |
---|---|---|---|---|
Saralash bosqichi |
1-oʻtish roundi | 22-iyun 2015 | 30–iyun 1-iyul 2015 | 7–8 iyul 2015 |
2-oʻtish roundi | 14–15 iyul 2015 | 21–22 iyul 2015 | ||
3-oʻtish roundi | 17-iyul 2015 | 28–29 iyul 2015 | 4–5 avgust 2015 | |
Pley-off | Pley-off roundi | 7-avgust 2015 | 18–19 avgust 2015 | 25–26 avgust 2015 |
Guruh bosqichi | 1-tur | 27-avgust 2015 (Monako) |
15–16 sentabr 2015 | |
2-tur | 29-30 sentabr 2015 | |||
3-tur | 20–21 oktabr 2015 | |||
4-tur | 3–4 noyabr 2015 | |||
5-tur | 24–25 noyabr 2015 | |||
6-tur | 8–9 dekabr 2015 | |||
Pley-off bosqichi | Nimchorak final | 14-dekabr 2015 | 16–17 & 23–24 fevral 2016 | 8–9 & 15–16 mart 2016 |
Chorak final | 18-mart 2016 | 5–6 aprel 2016 | 12–13 aprel 2016 | |
Yarim final | 15-aprel 2016 | 26–27 aprel 2016 | 3–4 may 2016 | |
Final | 28-may 2016 San Siro stadionida, Milan |
Oʻtish bosqichi
tahrirSaralash va pley-off roundlarida, jamoalar 2014-yilgi UEFA koeffitsiyentlar jadvali asosida 2 xil tanlangan va tanlanmagan jamoalarga boʻlindi,[16][17][18] va keyin jamoalar ikki uchrashuvli uy va safar oʻyinlari orqali saralanadi. Bitta assotsiatsiyadan boʻlgan jamoalar bir biriga qarshi maydonga tushmaydi.
1-oʻtish roundi
tahrirBirinchi va ikkinchi oʻtish roundlari uchun qurʼa tashlash 2015-yilning 22-iyunida boʻlib oʻtdi.[19][20] Juftliklarning 1-uchrashuvi 2015-yilning 30-iyun va 1-iyul kunlari, 2-javob uchrashuvlari esa oʻsha yilning 7-iyulida boʻlib oʻtadi.
Gibraltarning Lincoln Red Imps futbol klubi birinchi marta UEFA chempionatlarining juftlik bahslarida gʻalaba qozondi.[21]
2-oʻtish roundi
tahrir3-oʻtish roundi
tahrirPley-off roundi
tahrirGuruh bosqichi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Milan to host 2016 UEFA Champions League final“. UEFA.org (18-sentabr 2014).
- ↑ „Added bonus for UEFA Europa League winners“. UEFA.org (2013-yil 24-may).
- ↑ „Added bonus for UEFA Europa League winners“. UEFA.org (2013-yil 24-may).
- ↑ „Regulations of the UEFA Champions League 2015/16 Season“. UEFA.com (2015-yil 1-may).
- ↑ „How the Europa League winners will enter the Champions League“. UEFA.com (27-fevral 2015).
- ↑ „Country coefficients 2013/14“. UEFA.com.
- ↑ „UEFA Country Ranking 2014“. Bert Kassies. 2021-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-avgust.
- ↑ 8,0 8,1 „Preliminary Access List 2015/16“. Bert Kassies. 2019-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-avgust.
- ↑ „UEFA Champions League Access List 2015/16“. UEFA.com.
- ↑ „Access list 2015/2016“. Bert Kassies. 2015-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-avgust. (Wayback Machine saytida 2015-08-10 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Who is in Champions League and Europa League?“. UEFA.com (7-iyun 2015).
- ↑ „2015/16 UEFA Champions League participants“. UEFA.com (18-iyun 2015).
- ↑ „Qualification for European Cup Football 2015/2016“. Bert Kassies. 2015-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-avgust. (Wayback Machine saytida 2015-05-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ „2015/16 Champions League: teams, draws, matches“. UEFA.com.
- ↑ „UEFA European Football Calendar 2015/2016“. Bert Kassies. 2014-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-avgust. (Wayback Machine saytida 2014-12-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Club coefficients 2014/15“. UEFA.com.
- ↑ „UEFA Team Ranking 2015“. Bert Kassies. 2015-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-avgust.
- ↑ „Seeding in the Champions League 2015/2016“. Bert Kassies. 2015-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-avgust. (Wayback Machine saytida 2015-07-07 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Draws — First and second qualifying rounds“. UEFA.com. Qaraldi: 22-iyun 2015.
- ↑ „Qualifying round draws start road to Milan“. UEFA.com (22-iyun 2015). Qaraldi: 22-iyun 2015.
- ↑ http://www.uefa.com/uefachampionsleague/news/newsid=2263654.html