UZDIGITAL TV
UZDIGITAL TV — Oʻzbekistonda DVB-T va DVB-T2 formatidagi pullik yer usti televideniyesi operatori.
Turi | Mas’uliyati cheklangan jamiyat |
---|---|
Tarmogʻi | Telekommunikatsiya |
Egasi | Aloqabank |
Qachon asos solingan | 2009-yil |
Joylashuvi | Oʻzbekiston, Toshkent |
Hududiy xizmati | „Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi“ RRTM davlat unitar korxonasi АT „Аloqаbank“ |
Asoschi(lari) | 70 kishi |
Vebsayti | uzdtv.uz |
Tarixi
tahrir2008-yil sentabr oyida „Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi“ (RRTM) DUK tomonidan Toshkent va Buxoro shaharlarida raqamli televideniye uskunalarini sinovdan oʻtkazish tashkil etildi. Pullik raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatishga asoslangan RRTM „Uz Digital TV“ kompaniyasi tashkil etildi. Ushbu kompaniya 2010-yil 21-iyunda televizion tarqatish tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha litsenziyani oldi va abonentlarni pullik raqamli televideniye tarmogʻiga ulashni boshladi[1].
UzDigitaldan avvalgi analog formatda koʻrsatuvlar olib boruvchi „Kamalak“ kompaniyasi oʻsha yilning sentabr oyida koʻrsatuvlar efirini toʻxtatdi.
Kompaniya faoliyatining yana bir yoʻnalishi bu efirga uzatiladigan telekanallarda reklama ishlab chiqarish va joylashtirish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatishdir.
Eshittirishlar
tahrirEshittirishlar quyidagi kanallarda amalga oshiriladi:
Toshkent
tahrir- DVB-T
3
- DVB-T2
Samarqand
tahrir43 TVK 650 MGts (Asosiy paket)
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyati
tahrir27 TVK 522 MGts (Asosiy paket)
Qashqadaryo viloyati
tahrir47 TVK 682 MGts (Asosiy paket)
Buxoro viloyati
tahrir40 TVK 626 MGts (Asosiy paket)
Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
tahrir46 TVK 674 MGts (Asosiy paket)
Paketlar va kanallar
tahrir„Ekonom“, „Standart“ va „Miks“ teledasturlari toʻplamlari faqat Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida mavjud. Ilgari asosiy paketga Rossiya kanallari (Perviy, Rossiya 1, Rossiya 2, NTV, Domashniy) kiritilgan boʻlsa, keyinchalik ular oʻrniga Forum-TV, UzHD (oddiy rezolyutsiyada), „Madaniyat va maʼrifat“, „Dunyo boʻylab“ va „Bolajon“ kanallari ham kiritildi.
Ilgari efirga uzatilgan kanallar
tahrir- Luxe TV (2010-yil oktyabrgacha)
- TNT va DTV (2011-yil fevralgacha. Oʻzbekistondagi barcha televizion operatorlar uchun oʻchirilgan)
- Domashniy (2013-yil iyulgacha)