Erg‘oziyev Ubaydulla Qori1892-yili tug‘ilgan, Toshkent shahridan, yirik ruhoniylar onpasidan, sobiq savdogar, chayqovchi, saylov huquqidan mahrum qilingan, 1932-yil 7 avgustdagi qonun bo‘yicha 1934-yil 10 yil qamoq jazosiga hukm qilingan, aksilinqilobiy, millatchi „Milliy ittihod“ tashkilotining sobiq aʼzosi. Aholi orasida doimiy ravishda targ‘ibot olib borganlikda, sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qo‘zg‘olon tayyorlashda bosmachilarga yordam berganlikda, Qibraydan yashirin uy olib, u joyda tashqaridan kelgan bosmachilarni saqlab turgan, „Milliy ittihod“ rahbariyati bilan bosmachilar qo‘rboshilarini aloqa o‘rnatib turishlarini tashkil etgan, aksilinqilobiy tashkilotga yangi aʼzolarni tortganlikda ayblangan.[1]

Manbalar

tahrir