Ubaydulla Musaev(1914-yil Zengi qishlogʻida tavallud topgan[1]) — Oʻzbekiston sovet partiya va jamoat arbobi. Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Mehnatkashlar deputatlari Yangiyoʻl tumani Soveti ijroiya qoʻmitasi raisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957-yil).

Ubaydulla Musaev
Tavalludi 1914-yil
Vafoti mart 1972
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Ubaydulla Musaev 1914-yilda Zengi qishlogʻida (hozirgi Toshkent viloyati Yangiyoʻl tuman xududida) kambagʻal dehqon oilasida tavallud topgan. Mehnat faoliyatini paxta zavodida boshlagan. Ikki yillik partiya maktabini tugatgach, paxtani qayta ishlash zavodi boshligʻi, Zomin va Yangiyoʻl tumani komsomol komitetlarining birinchi kotibi boʻlib ishlagan. Ubaydulla Musaev 1939-yilda KKP(b) safiga kiradi.1942-yilda Ulugʻ Vatan urushida qatnashadi. Ubaydulla Musaev 589-piyoda polkida avtomatchilar vzvodining komandiri sifatida jang qilgan. 1945-yil mart oyida koʻkragidan ogʻir yaralangan edi Ubaydulla Musaevning dushman o‘qi teshilgan partiya bileti Moskva muzeylaridan biriga topshirildi[2]. Demobilizatsiyadan keyin vataniga qaytib keldi. 19451958-yillarda — Xalq deputatlari Sverdlovsk qishloq kengashi raisi, „Avangard“ kolxozining raisi, Xalq deputatlari Yangi-Yoʻl tumani Soveti ijroiya qoʻmitasi raisi lavozimida ishladi. Yangiyo‘l tuman ijroiya qo‘mitasining raisi bo‘lib, viloyatda paxtachilikni rivojlantirish bilan shug‘ullangan. Ubaydulla Musaevning faoliyati tufayli Yangiyo‘l tumani paxtakor xo‘jaliklari 1956-yilda davlatga paxta xomashyosi topshirish bo‘yicha beshinchi besh yillik (19511955-yillar) reja-topshiriqlarini ortig‘i bilan bajardilar. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi Farmoni bilan „Sovet paxtachiligini rivojlantirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar, paxta yetishtirishda fan yutuqlari va ilgʻor tajribalardan keng foydalanganligi yuqori hosil olish uchun paxta xomashyosidan barqaror hosildorligi“ uchun Lenin ordeni va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berildi[3].1958-yilda Yangiyo‘l tumani Sverdlov nomidagi kolxoz raisligiga saylangan.

Xalq deputatlari Yangiyo‘l tuman va Toshkent viloyat Kengashiga deputat, O‘zbekiston Kompartiyasi Yangiyo‘l tuman va Toshkent viloyat qo‘mitalari aʼzosi etib saylangan.

Ubaydulla Musaev 1972-yil mart oyida vafot etgan.

Mukofotlari

tahrir

Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

1-darajali Vatan urushi ordeni.

Ikkinchi darajali Vatan urushi ordeni.

„19411945–yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „Убайдулла Мусаев“ (ru). Qaraldi: 18-iyun 2023-yil.
  2. Некролог, Совет Узбекистони, 28 марта 1972 года, стр. 4
  3. „Мусаев Убайдулла“ (ru). Qaraldi: 18-iyun 2023-yil.