Raʼno Ubaydullayeva
Bu maqola ayni damda MirfayzbekAbdullayev tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 13:50, 29-yanvar 2025 (UTC) (2 soat avval) da tahrir qilingan. |
Raʼno Axatovna Ubaydullayeva – iqtisodchi olima, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000)[2], iqtisod fanlari doktori (1976), professor (1981). Toshkent moliya-iqtisod institutini tugatgan (1958). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida laborant (1958—60), aspirant (1960—63), kichik ilmiy xodim (1963—64), katta ilmiy xodim (1964—66), boʻlim boshligʻi (1967—78; 1992—93), direktor oʻrinbosari (1978—90) boʻlib ishlagan. 1993 – 97 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri oʻrinbosari. 1998-yildan „Ijtimoiy fikr“ jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda mehnat resurslaridan, xususan, ayollar mehnatidan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, oila, aholishunoslik, jamoatchilik fikrini oʻrganish va boshqa masalalarga bagʻishlangan.[3]. 2020-yilning 11-dekabrida 84 yoshida vafot etgan[4][5].
Ubaydullayeva Raʼno Axatovna | |
---|---|
Tavalludi |
1936-yil 4-noyabr |
Vafoti | 2020-yil 11-dekabr |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Taʼlimi | Toshkent moliya-iqtisod instituti (1958) |
Kasbi | iqtisodchi |
Unvoni | professor |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Xotirasi
tahrir2021-yilning noyabr oyida „Oʻzbekistonda sotsiologiya fanining shakllanishi – akademik Raʼno Ubaydullayevaning hissasi“ mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazilgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ведущий ученый в области экономики труда и вопросов использования трудовых ресурсов“. academy.uz. Qaraldi: 29-yanvar 2025-yil.
- ↑ „УБАЙДУЛЛАЕВА Рано Ахатовна“. centrasia.org. Qaraldi: 29-yanvar 2025-yil.
- ↑ "Ubaydullayeva Raʼno Axatovna" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Akademik Ra'no Ubaydullayeva vafot etdi“. kun.uz. Qaraldi: 29-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Скончалась академик Раъно Убайдуллаева“. UzNews.uz. Qaraldi: 29-yanvar 2025-yil.
- ↑ „“Ўзбекистонда социология фанининг шаклланиши – академик Раъно Убайдуллаеванинг ҳиссаси”“. ijtimoiyfikr.uz. Qaraldi: 29-yanvar 2025-yil.
Adabiyotlar
tahrir- Jenskiy trud v selskom xozyaystve Uzbekistana, T., 1969; Trudovie resursi Uzbekistana, T., 1970 (v soavtorstve); Strukturnaya preobrazovaniya v ekonomike i zanyatost jenshin. T., 1996; Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi (oʻquv qoʻllanma), T., 2001.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |