Ubaydulloh ibn Ziyod
Ubaydulloh Ibn Ziyod (taxminan 649 taxminan 685) —Arab xalifeishgining Xurosondagi noibi (673—674); Movarounnaxrni arablar tomonidan fath etilishining dastlabki bosqichida faol qatnashgan arab sarkardasi. Xalifa Muoviya tomonidan 673-yil oxirlarida arab qoʻshiniga bosh boʻlib Amudaryoni birinchi boʻlib kechib oʻtgan. Soʻngra Buxoroni qamal qilgan. Buxoro malikasi (qarang Xutak xotun) turklarni yordamga chaqirgan va ular yordamida arablarga qarshi zarbalar bergan. Biroq oqibatda arab qoʻshini gʻolib kelib, oʻrtada sulh tuzilgan. Sulhga koʻra Buxoro malikasi bir lak (bir million) dirham hajmda boj toʻlagan, shuningdek, arablar koʻplab qurolyarogʻlar, kiyimkechaklar, oltin, kumush buyumlar va 4 ming buxorolik kamonchilarni oʻlja olib Xuroson noibi qarorgohi — Marvga qaytishgan. U. ibn 3. buxorolik kamonchilarni oʻzining shaxsiy gvardiyasiga aylantirgan. Muoviya Ubaydullohni 674-yil Xurosondan chaqirtirib olib Basra noibi etib tayinlagan, 681 yildan — Basra va Kufa noibi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |