Uch avliyo maqbarasi (yoki Uch avliyo bobo maqbarasi) – dastlab XVI asrda qishloq qabristoni boʻlgan, XX asrga qadar shakllangan Xorazm viloyatining Xiva shahridagi tarixiy obyekt. Obyekt Toshhovli saroyining gʻarbiy qismida joylashgan va Uch Avliyo majmuasining bir qismi hisoblanadi[1].

Uch avliyo maqbarasi
Uch avliyo bobo maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obyekt
Turi Maqbara
Manzili „Ichan-qalʼa“ MFY, Zargarlar koʻchasi, 4-uy
Shahar Xiva shahri
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°22′43″N 60°21′40″E / 41.378632084731635°N 60.36107917943893°E / 41.378632084731635; 60.36107917943893
Qurilishi boshlangan 1549-yil
Qurilishi tugagan XX asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Balandligi
Balandligi 12 m
Binoning ichki maydoni 16X10 m
Map
Uch avliyo maqbarasi xaritada

Uch avliyo maqbarasi davlat mulkiga tegishli. U „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi bilan berilgan[2].

Yodgorlik „avliyolar“ga bagʻishlangan boʻlib, maqbara keng zal hamda Xorazm uslubiga xos boʻlgan gumbaz bilan bunyod etilgan. Zaldagi tokchalar bu qurilishda buxorolik ustalar ishtirok etganidan darak beradi. Chunki maqbara XVI asr buxorolik ustalarning ishini eslatib yuboruvchi toʻrsimon yulduzli naqshlar bilan qoplangan.

Qurilish tarixi va uslubi

tahrir

Maqbaraga kirish eshigida xivalik ustalar, yogʻoch oʻymakorlarining ismlari: Abdurahmon, Abdulloh ibn Said Asad Husayn, Ahmad Samarqandiy oʻgʻli kabi shaxslarning ismi yozilgan. Shuningdek, hijriy 969-yil sanasi koʻrsatilgan boʻlib, bu milodiy 1549-yilga toʻgʻri keladi. Oʻlchami: 16x10 m, zali – 6x6 m, balandligi 12 metrni tashkil etadi. Maqbaraning katta xonasida oltita qabr joylashgan boʻlib, toʻrdagi uchta qadimiy qabr uch avliyoning qabri ekanligi taxmin qilinadi. Eshikdagi yozuvlardan xulosa qiladigan boʻlsak, bu qabrlardan bittasi Mir Husaynga tegishli boʻlishi mumkin[3].

Taʼmirlanishi

tahrir

Yozuvlarga qaraganda, maqbara 18211822-yillarda qayta taʼmirlangan, binosining bir qancha gʻisht va ustunlari almashtirilgan.

Kirish eshigining ustki qismida oq marmar toshga nastaʼliq yozuvi bilan forsiy tilda Shayx Latifning nevarasi Nazar Xoʻja maqbarani taʼmir ettirgani haqida maʼlumot keltirilgan. Uch avliyo maqbarasining qarshisida joylashgan ayvonli masjid Rahimqulixon oʻgʻli Iso toʻra tomonidan qurdirilgan.

XX asrning 80-yillari boshida kuchli yomgʻirlar natijasida bino qattiq shikastlangan. Bundan tashqari, maqbara binosi qarshisidagi masjidning ayvon ustuni ham jiddiy shikastlangan. Yodgorlik restavratsiya qilinib, uning atrofidagi hudud obodonlashtirilgach, maqbara eng koʻp tashrif buyuriladigan joylardan biriga aylangan[4].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Мавзолей Уч-Авлиё | Uzbekistan Travel“ (ru). uzbekistan.travel. Qaraldi: 2023-yil 14-oktyabr.
  2. „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2019-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
  3. „Uch avliyo maqbarasi“ (uz). Xiva. Qaraldi: 2023-yil 14-oktyabr.
  4. „Мавзолей Уч-Авлиё“ (ru). Xiva. Qaraldi: 2023-yil 14-oktyabr.